E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 18-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 547,38 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 14-avgust kuni belgilangan 12 581,97 so‘m qiymatga nisbatan 34 so‘m 59 tiyinga pasaydi.

18-avgust kuni sotish kursi banklarda 12 610 so‘mdan 12 570 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 510 so‘mdan 12 440 so‘mgacha yetdi.


Avvalroq Spot O‘zbekistonda iyul oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

O‘zbek so‘mi ketma-ket uchinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Iyul oyida milliy valyuta kursi 62,4 so‘mga, yil boshidan buyon esa 328 so‘mga qimmatladi.

Spot ekspertlarning dollar qadrsizlanishi, oltin eksporti va pul o‘tkazmalarining o‘sishi hamda so‘m mustahkamlanishi haqidagi fikrlarini taqdim qildi.

Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.