Qoraqalpog‘istonda Tadbirkor ayollar akademiyasi (AWE 3.0) dasturida qatnashishga arizalar qabul qilish boshlandi.
OSON fintex-kompaniyasi Tech4Impact bilan hamkorlikda bu yil Qoraqalpog‘istonda faoliyat yurituvchi 30 nafar ayol uchun AWE dasturini ishga tushirmoqda.
Tadbirkor ayollar akademiyasi — kichik biznes asoschilari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan noyob ta’lim va mentorlik tashabbusidir.
Dastur Arizona universiteti qoshidagi Thunderbird Global boshqaruv maktabi tomonidan yaratilgan “100 million o‘quvchi” intensiv onlayn kursiga asoslangan.
Tinglovchilar biznes yuritishning asosiy ko‘nikmalarini o‘rganadilar va materiallarni ekspertlar, mahalliy murabbiylar va tadbirkorlar bilan guruhlarda muhokama qiladilar.
Qatnashish uchun mezonlar:
- Qoraqalpog‘istonda yashaydigan 25−40 yoshli ayollar;
- rus va ingliz tillarini bilish;
- ayollarning kamida 1−2 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan o‘z biznesi;
- noutbuk va internetga barqaror ulanish imkoniyatining mavjudligi;
- to‘ldirilgan ariza va rag‘batlantiruvchi xat.
Dasturda ishtirok etish uchun 2025-yil 15-sentabrgacha havola orqali ariza berish mumkin.
Tashkilotchilar 25−26 sentabr kunlari tanlab olingan ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkazadi. Tinglovchilarning yakuniy ro‘yxati 30-sentabr kuni e’lon qilinadi.
Avvalroq Spot sun’iy intellekt mutaxassislari uchun Yandex ML School’ga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
Ta’lim offlayn formatda Toshkentda o‘tkazilib, ikki semestrlik intensiv tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Arizalar 10-sentabrga qadar qabul qilinadi.