26-avgust kuni UzAuto Motors yangi avlod Chevrolet Tahoe 2025 avtomobilini taqdim etdi. High Country komplektatsiyasi yuqori darajadagi 6,2 litrli V-simon shakldagi 8 silindrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, yirik SUV segmentida etalon bo‘lishi kutilmoqda. Bu Tahoe 2025 High Country amerika avtomobilsozlik an’analarini zamonaviy innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtiradi va qulaylik hamda xavfsizlik qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.

Yangi Tahoe 2025 High Country, shuningdek, hayratlanarli dinamik ko‘rsatkichlarni namoyish etadi — 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi sakkiz soniyada chiqishi uning sinfidagi o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.

“O‘zbekistonda biz har yili 250-300 dona Tahoe 2025 High Country sotishni rejalashtiryapmiz. Yil boshidan buyon 200 mingdan ortiq boshqa modeldagi avtomobil ishlab chiqarib, sotganmiz, shuning uchun Tahoe 2025 High Country’ga ham qiziqish yuqori bo‘lishiga ishonamiz”, — dedi UzAuto Motors bosh direktori Yanosh Kovach.

Texnik takomillik va hashamat har bir detalda

Yangi Chevrolet Tahoe 2025 High Country 6,2 litrli V8 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 420 ot kuchi va yirik 24 dyuymli g‘ildiraklar shahar yo‘llaridan tortib, notekis yo‘llargacha ishonchli boshqaruvni kafolatlaydi.

Nafis dizayn va premium darajadagi qulaylik

Tashqi ko‘rinishda Tahoe 2025 High Country xromlangan elementlar, ko‘zga tashlanuvchi radiator panjarasi, animatsion chiroqlar va panoramali tom bilan ajralib turadi. Avtomatik ravishda chiqadigan zinapoyalar va yukxona eshigini kontaktsiz ochish tizimi kabi amaliy imkoniyatlar qo‘shimcha qulaylik beradi.

Yetti o‘rinli salon yuqori sifatli materiallar va yog‘och bezak bilan ishlangan:

  • isitish va ventilyatsiyaga ega charm qoplamali o‘rindiqlar;
  • xavfsizlik uchun vibratsion tebranishli qayta aloqa tizimi bilan 8 yo‘nalishda elektron tarzda sozlanadigan haydovchi o‘rindig‘i.

Ilg‘or texnologiyalar:

  • 11 dyuymli raqamli qurilmalar paneli;
  • Head-Up proyeksion displeyi;
  • smartfonlar bilan mos keladigan 17,7 dyuymli sensorli axborot-ko‘ngilochar ekrani;
  • 10 tovush kuchaytirgichli premium Bose audio tizimi;
  • simsiz quvvatlash qurilmasi va USB Type-C/A portlari.

Ikkinchi qatorda o‘tirgan yo‘lovchilar individual sozlash mumkin bo‘lgan iqlim nazoratidan va ikkita 12,6 dyuymli ko‘ngilochar ekranlardan foydalanishlari mumkin. Uchinchi qator esa oilaviy safarlar yoki xizmat safarlari uchun qulay kenglikni taqdim etadi.

Ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari

Xavfsizlikni ta’minlovchi aqlli tizimlar:

  • old to‘qnashuv haqida ogohlantirish va favqulodda tormozlash funksiyasi;
  • harakatlanish bo‘lagini saqlash tizimi;
  • moslashuvchan kruiz nazorati;
  • yuqori aniqlikdagi atrofni ko‘rish kameralar;
  • orqaga harakatlanish va pastga tushishda yordam beruvchi innovatsion tizimlar.

Narxi 1,464 mlrd 500 ming so‘m bo‘lgan yangi Tahoe 2025 High Country avtomobilini 11-sentabrdan boshlab Chevrolet rasmiy dilerlari va onlayn ushbu sayt orqali xarid qilish mumkin.

Yangi Tahoe 2025 High Country O‘zbekiston xaridorlari uchun premium darajadagi avtomobil bo‘lib, u oilaviy sayohatlar, ish safari yoki kundalik hayotda foydalanish uchun ham eng maqbul tanlov hisoblanadi. Elektromobillar davrida ham Tahoe 2025 High Country klassik V8 qudrati va xarakterini qadrlaydiganlar uchun ishonchli tanlov bo‘lib qolmoqda.

Reklama huquqlari asosida.