Qanot Sharq aviakompaniyasi O‘zbekistonning bir qator shaharlaridan Moskvaning Domodedovo aeroportiga parvozlar bekor qilinganini e’lon qildi.

Aviatashuvchi quyidagi parvozlarni bekor qiladi:

  • Toshkent — Moskva (HH707, HH701) — 9 va 10-sentabr;
  • Moskva — Toshkent (HH708, HH702) — 9 va 10-sentabr;
  • Moskva — Namangan (HH706) va Namangan — Moskva (HH705) — 9-sentabr;
  • Moskva — Buxoro (HH710) va Buxoro — Moskva (HH709) — 10-sentabr.

Shuningdek, aviakompaniya 10 ta reysni ko‘chirilganini (kechiktirilganini) ma’lum qildi (uchish vaqti barcha aeroportlar uchun mahalliy):

  • Toshkent — Moskva (HH715) — 9-sentabr, uchish vaqti 03:00;
  • Moskva — Samarqand (HH712) — 9-sentabr, uchish vaqti 06:50;
  • Samarqand — Sankt-Peterburg (HH741) — 9-sentabr, uchish vaqti 14:00;
  • Sankt-Peterburg — Namangan (HH744) — 9-sentabr, uchish vaqti 18:30;
  • Namangan — Sankt-Peterburg (HH743) — 10-sentabr, uchish vaqti 02:40;
  • Sankt-Peterburg — Samarqand (HH742) — 10-sentabr, uchish vaqti 7:20;
  • Samarqand — Moskva (HH711) — 10-sentabr, uchish vaqti 15:20;
  • Moskva — Termiz (HH714) — 10-sentabr, uchish vaqti 19:25;
  • Termiz — Moskva (HH713) — 11-sentabr, uchish vaqti 02:55;
  • Moskva — Toshkent (HH708) — 11-sentabr, uchish vaqti 06:45.

Yo‘lovchilar chiptalarni qaytarish yoki boshqa sanaga qayta bron qilish uchun 5 kun ichida murojaat qilishlari mumkin.

Joriy yilning yanvar oyida Qanot Sharq O‘zbekistonning bir qancha shaharlaridan Moskva va Samarqandga Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilgan reyslarning bir qismini bekor qilgan edi. Kompaniya bu qarorni “ishlab chiqarish zaruriyati” bilan izohladi.


Avvalroq Spot Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlarda yangi tartiblar joriy etayotgani haqida yozgandi.

Endi yo‘lovchi chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish niyati haqida oldindan xabar berishi kerak bo‘ladi.