Backend dasturchi bo‘lish osonmi? Mutaxassis bilan suhbat
Uzum dasturchisi Otabek Xudoyberdiyev Spot’ga nima sababdan frontend’dan backend’ga o‘tgani, dasturchi bo‘lish uchun qaysi tillarni o‘rganish kerakligi, shuningdek, ishga kirish jarayoni hamda unda yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida so‘zlab berdi.
Xorijda ta’lim: Germaniyada DAAD ERP granti asosida tahsil olayotgan Shahrizoda Islomova hikoyasi
Spot DAAD ERP stipendiyasi asosida tahsil olayotgan Shakhrizoda Islomova bilan dastur va unga hujjat topshirish, intervyudan o‘tish jarayonlari, shuningdek, Germaniyada ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari borasida suhbatlashdi.
Talabalar uchun ta’lim kreditlari
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 10 tasida talabalar uchun ta’lim kreditlari ajratilayotgan bo‘lib, u faqat O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
UzTest poligonidagi avtomobil sinovlari bekor qilindi. Bu nimani anglatadi?
Spot O‘zbekistonda import avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amaldagi talablar nimalarga olib kelgani, yangi tartib bilan nimalar o‘zgarishi mumkinligi borasidagi mutaxassislar fikrini bir joyga jamladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyaga “zagran” pasportsiz kirishga ruxsat beriladi.
Tomonlar ichki pasportlar bilan kirish masalasini muhokama qilmoqda. Biroq, Tashqi ishlar vazirligi bu haqda gapirishga hali erta ekanligini ma’lum qildi. - 15-sentabrdan Buyuk Britaniyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi.
Nomzodlar 18 yoshdan katta bo‘lishi va rus tilini yaxshi bilishi kerak. Ayollarga ustunlik beriladi. - O‘zbekistonda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda.
Pensiya yoshini erkaklar uchun 63 yoshga, ayollar uchun esa 58 yoshga ko‘tarish taklif qilindi. O‘sish bosqichma-bosqich — har yili yarim yilga amalga oshiriladi. - Apple yangi iPhone 17 smartfonlarini taqdim etdi.
iPhone 17 $799, iPhone Air $999, iPhone 17 Pro $1099, 17 Pro Max $1199 ga baholanib, sotuv 19-sentabrdan boshlanadi. - O‘zbekiston 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi.
Bu maktabga tayyorlov guruhlarini maktab ta’limiga qo‘shish orqali joriy etilishi rejalashtirilmoqda. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $50 mlrddan oshdi.
Oltin zaxiralari ham bir oyda $40,06 mlrdga yetib, qiymat jihatidan rekordni yangiladi. - UzAuto Motors 2025-yilda yangi Chevrolet Cobalt avtomobilini chiqaradi.
Avtomobilda yangi asboblar paneli, multimedia tizimi, kruiz-kontrol va old o‘rindiqlar isitgichi mavjud bo‘ladi. - Kelasi yildan “chiroyli” avtoraqamlarni auksion orqali sotish bekor qilinadi.
Buning o‘rniga, istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega avtoraqamlar yagona oshirilgan to‘lov asosida beriladi. - Markaziy bank maxsus stipendiya dasturini e’lon qildi.
Stipendiya BHMning kamida 3 baravari (1 mln 236 ming so‘m) miqdorida belgilanadi. - Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari miqdorini cheklash rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, ularga o‘z mamlakatlariga oylik maoshidan ko‘p miqdorda pul o‘tkazishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Murod Nazarov IMAN Holding bilan birgalikda adolatli moliyani rivojlantirish uchun sarmoya kiritmoqda
Tadbirkor va developer Murod Nazarov IMAN’ga $2 mln sarmoya kiritib, xolding Kuzatuv kengashiga a’zo bo‘ldi. Tadbir adolatli va shaffof moliyaviy vositalarga qiziqish ortib borayotganini aks ettiradi va bozor uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Xitoy-Markaziy Osiyo O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi ochilishiga sanoqli kunlar qoldi
16−18-sentabr kunlari Xitoy-Markaziy Osiyo O‘zbekiston savdo ko‘rgazmasi keng ko‘lamda o‘tkazilib, barcha uchun Xitoy bozoriga eltuvchi “imkoniyatlar eshigi” ochiladi.
Uzum va Hamroh tadbirkor ayollardan maxsus mahsulotlar to‘plamini ishga tushirdi
Unda butun O‘zbekistondan tadbirkor ayollarning mahsulotlari — kiyim-kechak va aksessuarlardan tortib oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha to‘plangan.
Toshkentda mebelsozlik va qurilish sanoati bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tadi
Yirik mebel va materiallar ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi EMAN Group sanoat hamkorlari bilan birgalikda sanoat ahamiyatiga ega xalqaro tadbir — Development, Design and Interior Silk Road Summit uchun keng ko‘lamli maydon tashkil etmoqda.
Magistr darajasi 1 yilda — UDEA yangi imkoniyat ochmoqda
UDEA universiteti O‘zbekistonda magistratura dasturini bir yillik formatda taklif etmoqda. Yangi yondashuv orqali yosh mutaxassislar tezkor va samarali ravishda yuqori malakali ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.