Ta’lim krediti qanday olinadi? Qo‘llanma

Spot ta’lim krediti qanday olinishi, qanday hujjatlar kerakligi hamda qaysi banklar kredit ajratishi haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Mulohaza: O‘zbekiston maktablari sun’iy intellekt darslarini yo‘lga qo‘yishga tayyormi?

Huquqshunos va texnologiya siyosati bo‘yicha mutaxassis Ammar Yunus Spot’ga O‘zbekistonda sun’iy intellekt darslarini joriy etishning ahamiyati hamda nega global tendensiyalarni ko‘r-ko‘rona takrorlamaslik muhimligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar

O‘zbekistonda xorijiy avtomobillarga servis yetarli emas — prezident

Shavkat Mirziyoyev buni tizimli yo‘lga qo‘yish orqali hududlarda xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish, malakali ustalarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


XDP moped va skuterlar uchun guvohnoma olish muddatini keyinga surishni taklif qildi

Ushbu masala bo‘yicha tegishli tartibda deputatlik so‘rovi kiritiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘qituvchilarga ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi qoplab beriladi
    Bu kelasi yildan joriy etilib, pedagoglar kamida 15 yil stajga ega hamda oliy toifali bo‘lishlari kerak. Ipoteka krediti uchun boshlang‘ich to‘lovning 25% i qoplanadi.
  2. Qanday hujjatlarning elektron shakli qog‘oz shakliga tenglashtirilmoqda?
    Bundan tashqari, 2026-yildan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolar va tadbirkorlardan 30 turdagi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
  3. 2026-yili Namangan aeroportida $140 mlnlik yangi terminallar ishga tushiriladi
    3 qavatli qilib qurilayotgan yangi terminalda chegara nazorati va viza bo‘limlari, biznes zali, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot xonasi, Duty Free do‘konlari tashkil etiladi.
  4. Deputatlar islomiy bankni joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda maʼqulladi
    Qonunchilikka islomiy bank, moliya operatsiyalari va standartlari hamda investitsiyaviy depozit tushunchalari kiritiladi.
  5. O‘zbekiston 2030-yilga borib mutlaq kambag‘allikka barham bermoqchi
    Joriy yil yakunigacha mamlakatda kambag‘allik darajasini 6% gacha kamaytirish rejalashtirilgan.
  6. Smartbank nomini Openbank‘ka o‘zgartirdi
    Endilikda bank shu nom ostida faoliyatini davom ettiradi, barcha xizmatlar esa amaldagi tartibda ko‘rsatiladi.
  7. Toshkentda 6 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgani uchun jarimaga tortildi
    Mart oyidan buyon yo‘l haqini to‘lamagan yoki chiptasiz harakatlangan yo‘lovchilarga 41 200 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilib kelinmoqda.
  8. 1-oktabrgacha moped va skuter egalari haydovchilik guvohnomasini olishlari shart — YHXX
    Eski moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning so‘nggi muddati 30-sentabrda tugaydi.
  9. O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha uchta davlat bilan kelishib oldi
    Mamlakat Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan protokollar imzoladi, shuningdek, yana 2 ta davlat bilan kelishuvlarga erishdi.
  10. Qurilish vazirligi korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor ustidan IIVga shikoyat kiritdi
    Tadbirkorning fikrlari vazirlik va uning tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazayotgani aytildi.