Dubaydagi Roasters qahvaxonalar tarmog‘i dunyodagi eng qimmat qahva finjoni uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqida Daily Mail xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, rekord kitobga 2025-yil 13-sentabrda kiritilgan. Bir finjon qahvaga kim xaridor bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Ichimlikning narxi $680ni (2500 dirham) tashkil qilgan. Qahva pour-over usulida tayyorlandi va qo‘lda yasalgan noyob billur stakanda tortildi.
Uni yaratish uchun Hacienda La Esmeralda plantatsiyasidan o‘zining murakkab gul, meva va sitrus iforlari bilan mashhur bo‘lgan Panamaning Geisha navli eksklyuziv donlari ishlatilgan.
Ginnesning rekordlar kitobi vakili marosimda aytishicha, bu natija butun dunyo miqyosida yuqori sinfli qahva uchun yangi sifat me’yorini belgilaydi.
Ta’kidlanishicha, mazkur rekord o‘rnatilishidan oldin xalqaro kimoshdi savdosida shov-shuvli xarid amalga oshirilgan.
Qahvaxona bilan aloqador Dubay startapi o‘z faoliyatini boshlaganidan atigi bir hafta o‘tib, mazkur Panama plantatsiyasidan olingan 20 kilogrammlik Geisha navli yuvilgan qahva partiyasini to‘liq ravishda $604 mingga sotib oldi.
Avvalroq Spot Robusta qahvasining narxi 16 yillik eng yuqori darajaga ko‘tarilgani haqida yozgandi.
3-aprel kuni fyuchers savdolarida qahvaning bir tonna narxi $3838ni, 4-aprelda esa $3847ni tashkil qildi.