Robusta qahvasining birja narxlari so‘nggi 16 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Bunga Vetnamda issiq ob-havo tufayli hosilga zarar yetkazilishi sababli tanqislik kuzatilgani sabab bo‘lgan.

3-aprel kuni 24-may kuni yetkazib beriladigan qahva fyucherslari Londondagi “ICE” birjasida 4,8%ga oshib, 2008-yildan beri rekord darajada bir metrik tonna uchun $3838ni tashkil qildi.

Yakuniy savdolarda auksion bir tonna uchun $3812ga yakunlandi. 4-aprel kuni Robusta qahvasi narxi oshishida davom etdi, narxi bir tonna uchun $3847ga yetdi.

Joriy yilda eriydigan qahva ishlab chiqarishda foydalaniladigan Robusta fyucherslari 30$dan ko‘proqqa o‘sdi, deya ta’kidlaydi “Bloomberg”.

Londondagi “DRWakefield” importchi kompaniyasi savdogarlari agentlikka ob-havo sharoiti unchalik yoqimli emas ekanligini ma’lum qildi.

“Sug‘orish uchun suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavotirlar hali ham mavjud, bu esa kelgusi mavsumda hosildorlikka ta’sir qilishi mumkin”, — dedi ular.

Robusta yetkazib berishda kutilayotgan pasayish Arabica qahvasi loviya narxini oshirmoqda.

Nyu-Yorkdagi ushbu yuqori sifatli qahvaning fyucherslari 2024-yil dekabridan beri birinchi marta bir funt uchun $2dan oshib, 3%ga oshdi.

“Bloomberg” eslatishicha, Robusta o‘rniga aralashmalar va eriydigan qahva ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan past sifatli Arabica loviyalariga talab kuchli.


Avvalroq “Reuters” butun dunyo bo‘ylab shokolad narxi oshib ketishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Qayd etilishicha, bunga yomon kakao hosili hamda kakao dukkaklarining yuqori narxlari sabab bo‘lmoqda.