Amerikaning Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i 900 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi, deya xabar berdi CNBC.
Ma’lum qilinishicha, yil boshida kompaniya allaqachon 1,1 ming ofis xodimini ishdan bo‘shatgan.
Bundan tashqari, Starbucks Amerikadagi qahvaxonalari sonini 1%ga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu hududda 11 mingdan ortiq muassasa mavjud bo‘lib, natijada 100 dan ortiq nuqta yopiladi.
Tarmoq va xodimlarni qisqartirish xarajatlarni $1 mlrdga kamaytirish va kompaniyani umumiy qayta tashkil etish rejasining bir qismi hisoblanadi.
Bu “Starbucksga qaytish” strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda bo‘lib, operatsion jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va bir necha choraklik savdo pasayishidan so‘ng brendni qayta tiklashga qaratilgan.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ichki yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2025-yil may oyida Starbucks Xitoy biznesidagi ulushini sotishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Bloomberg‘ning yozishicha, aktivlarning potensial qiymati “bir necha milliard dollar” deb baholanmoqda.
Xitoy kompaniya uchun ikkinchi yirik bozor hisoblanadi: u yerda 7700 dan ortiq qahvaxona faoliyat yuritmoqda.
Starbucks biznesga “makroiqtisodiy omillar va mahalliy raqobatchilarning kuchayib borayotgan ta’siri” haqida ma’lum qildi.
Iyul oyida Starbucks xodimlari uchun haftada to‘rt kun ofisda ishlash majburiy bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi davrida ularga to‘liq masofadan ishlashga ruxsat berilgan.
Avvalroq Spot Microsoft 200 nafar xodimini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Ishdan bo‘shatilgan xodimlar o‘rniga ularning o‘zlari ishtirok etgan holda ishlab chiqilgan sun’iy intellektdan foydalaniladi.