BMW kompaniyasi 330 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib oladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Germaniyaning o‘zida 136,5 mingga yaqin, AQShda esa yana qariyb 195 ming avtomobil qaytarib olinmoqda.

Shu bilan birga, BMW butun dunyo bo‘ylab chaqirib olinishib rejalashtirilayotgan transport vositalari soniga aniqlik kiritimadi.

Gap 2015-yil sentabridan 2021-yil sentabrigacha butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilgan yuz minglab mashinalar haqida gap ketmoqda.

Qaytarib olinadigan avtomobillar orasida Yevropa va Osiyoda foydalanilayotgan turli modellar ham bor.

Qayd etilishicha, qaytarib olishga starter tizimidagi nuqson sabab bo‘lib, ushbu nosozlik mashinaning yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

Kompaniya muammoli mashinalar egalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, rasmiy xizmat ko‘rsatish markazlarida bepul tekshiruv va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishini ma’lum qildi.

Nuqson bartaraf etilgunga qadar avtomobil egalariga ularni vaqtincha ko‘chada, binolardan uzoqda qoldirish tavsiya etiladi. Haydovchilardan ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirmaslik qat’iy so‘ralmoqda.


Avvalroq Spot Ford va Mercedes-Benz AQShda umumiy 592 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qaytarib olishga Ford’ning Aviator va Explorer modellaridagi o‘rindiq, Mustang Mach-E elektromobilidagi batareya, Mercedes-Benz'da esa tom ustunining zaifligi sabab bo‘lgan.