Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon prezident tomonidan imzolandi.
Hujjat bilan, 2026-yildan chet el fuqarolarining O‘zbekistondan tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi.
Ushbu rejim doirasida bunday daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.
Ozod etish sharti sifatida chet el fuqarolari $50 ming miqdorida maxsus yig‘im to‘lashi va O‘zbekistondagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘i yoki kripto-birjada kripto-hamyon ochishi shart etiladi.
Ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan ko‘proq mamlakatda haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida turar joy ko‘chmas mulk obyektiga ega bo‘lganda O‘zbekistonning soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Sentabr oyida soliq hisobotini vaqtida taqdim etmagan 50 mingdan ortiq tadbirkor jarimadan ozod etilgandi.
Avvalroq OTB joriy va kelasi yil uchun O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar berilgandi.