Avvalroq davlat rahbari Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan BRT avtobus yo‘lagini borib ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

Prezident matbuot xizmati taqdim etgan videodan maʼlum bo‘lishicha, poytaxtning yana 15 ta ko‘chasida avtobuslar uchun maxsus yo‘laklarni (BRT) tashkil etish loyihasi taqdim etilgan.

2026−2030-yillarda amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati $110 mln bo‘lib, u jami 57,5 kilometrlik uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini qamrab oladi.

avtobus, avtobus yo'laklari, brt, jamoat transporti, prezident

Loyihani 4 bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

Birinchi bosqich:

  • Shota Rustaveli ko‘chasi;
  • Shahrisabz ko‘chasi;
  • Amir Temur shohko‘chasi;
  • Yangi Sergeli ko‘chasi.

Ikkinchi bosqich:

  • Maxtumquli ko‘chasi;
  • Mirzo Ulug‘bek — Feruza — Yuzrabot ko‘chalari.

Uchinchi bosqich:

  • Lutfiy va Muqimiy ko‘chalari;
  • Nurafshon ko‘chasi.

To‘rtinchi bosqich:

  • Qoratosh — Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari;
  • Kichik halqa yo‘li — Parkent ko‘chasi.

7-oktabrdan ushbu ko‘chada ishga tushgan BRT tipidagi yo‘lakda 38-, 57- va 58-sonli yo‘nalishlar harakati boshlangandi. Transport vazirligi aholi hamda haydovchialr uchun ushbu hududda harakatlanish bo‘yicha qisqa qo‘llanma taqdim etdi.