Qo‘shma hamkorlikning asosiy maqsadi, bu raqamli texnologiya va kontent o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlashgan yagona ekotizimni yaratishdan iborat. Sarkor barqaror tarmoq va yuqori tezlikdagi internetni ta’minlaydi. Shu barobarida, Frame ham o‘zbek tilida professional darajadagi dublyajli filmlar, seriallar va multfilmlarni telekanallarda namoyish etish orqali madaniy mazmunini boyitadi.

frame, sarkor, реклама

“Sarkor bilan hamkorlik, biz uchun yangi rivojlanish imkoniyatlarini ochadi. Biz aloqa infratuzilmasi va mediaservislarni birlashtirgan holda, butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar uchun mahalliy kontent ekotizimini barpo etmoqchimiz”, — deydi Frame asoschisi va bosh direktori Eduard Ishkulov.

Sarkor abonentlari endilikda Frame platformasidagi kontentdan o‘z tarif rejalari orqali foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Buning uchun ular alohida ro‘yxatdan o‘tish yoki qo‘shimcha to‘lov amalga oshirishi shart bo‘lmaydi. Bu esa foydalanuvchining kontentga kirish jarayonini soddalashtiradi. Shuningdek, internet xizmati qiymatini oshiradi.

frame, sarkor, реклама

Frame uchun esa bu hamkorlik servis xizmatlarini yanada chuqurroq integratsiya qilishga va obunachilarga Sarkor tariflari orqali yanada qulayliklar taqdim etish imkonini yaratadi. Frame va Sarkor o‘rtasidagi hamkorlik yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilaydi. Bu telekommunikatsiya tarmoqlari endilikda mediasohaga aylanib bormoqda deganidir. Internet esa madaniyat, bilim va milliy o‘zlikni namoyish etish imkonini beradi. Sarkor bilan hamkorlik Frame uchun yangi rivojlanish imkoniyatlarini ochadi.

Frame ilovasi AppStore va Google Play’da mavjud.

Sayt: frame.uz
Instagram: @frame.mediauz

Reklama huquqlari asosida.