1-oktabrdan 25-dekabrgacha apartamentlarni xarid qilib, 100% to‘lovni amalga oshirgan har bir xaridor muvaffaqiyat, uslub va beg‘ubor did muhitiga to‘la eksklyuziv tadbir ishtirokchisiga aylanadi. Rezidentlar va apartament egalari esa premium komplimentlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Asosiy e’tibor — afsonaviy Rolex soatlariga qaratilgan.
Ishonch, yuksak maqom va nafislik ramziga aylangan ikki juft soat Wyndham muhitining timsoli — bu yerda vaqt haqiqatan ham qadrlanadi.
Boshqa premium komplimentlar qatorida:
- zamonaviy Apple Box Phone 17 Pro, Apple Watch va AirPods Max;
- Bork’ning soch parvarishi uchun jihozlar to‘plami;
- Dubayga 3 ta Yangi yil safari;
- Glamour’dan 10 ta sertifikati taqdim etiladi.
Har bir sovg‘a Wyndham Resort Charvak estetikasi — mukammallik energiyasi, mayda detallarga bo‘lshan e’tibor va yangi darajadagi qulaylikka intilishni o‘zida aks ettiradi.
Yangi darajadagi loyiha haqida
Bu loyiha O‘zbekistonda zamonaviy tarzda dam olishning yangi ramziga aylanmoqda.
Wyndham Resort Charvak — mamlakatdagi birinchi shunday ko‘lamdagi kurort zonalaridan biri. Tog‘lar va manzarali tabiat bag‘rida joylashgan ushbu kompleks tabiat energiyasini xalqaro darajadagi qulaylik bilan uyg‘unlashtiradi. Bu yerda zamonaviy villalar va apartamentlar qadrostlamoqda — ular nafaqat yashash va dam olish uchun, balki egalari uchun barqaror daromad manbai sifatida ham xizmat qiladi.
Kurort hududida to‘liq dam olish va ilhomlanish uchun barcha sharoitlar mavjud:
- sakkiz qavatli mehmonxona;
- akvapark;
- restoranlar;
- oilaviy hududlar;
- SPA-kompleks va turli yoshdagi mehmonlar uchun yigirmadan ortiq ko‘ngilochar maskanlar.
Wyndham Resort Charvak — bu yerda har bir tong yangi imkoniyatlar bilan boshlanadi, har bir oqshom esa hamohanglik va hayotdan chinakamiga zavqlanish hissi bilan yakunlanadi.
Yangicha hayot va dam olish falsafasi
Wyndham Resort Charvak — bu shunchaki loyiha emas, bu O‘zbekistondagi kurort hayotining yangi falsafasi. Ushbu maskandagi har bir qarich hudud puxta o‘ylangan: fasad dizaynidan tortib apartamentlardan ochiladigan panoramali manzaralargacha. Bu joyda tabiatdan bahramand bo‘lib, zamonaviy ritm va oliy darajadagi servis bilan uyg‘un hayot kechirish mumkin.
Apartament yoki villani xarid qilgan har bir rezident estetika, erkinlik va qulaylikni qadrlaydigan jamoaning bir qismiga aylanadi. Bu — nafaqat ko‘chmas mulkka, balki hayot tarziga sarmoya: premium xizmat ko‘rsatish, puxta o‘ylangan infratuzilma va yillar davomida foyda keltiruvchi imkoniyat.
27-dekabr — Wyndham Resort Charvak apartamentlar egalari uchun bayram va ilhomlanish kuni bo‘ladi. Shu kuni ular premium sovg‘alarning baxtli egalari kim bo‘lishini bilib oladi.
Wyndham Resort Charvak — bu yerda tabiat va hashamat uyg‘unlashadi, har bir kun esa farovon hayot ramziga aylanadi.
Telefon: (+998) 55−513−00−00.
Manzil: Yashnobod tumani Maxtumkuli ko‘chasi 99.
Instagram: @wynresort.charvak
Reklama huquqlari asosida.