Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 50 bazaviy punktga pasaytirib, 16,5% ga tushirdi.
Bu qaror ko‘rsatkichning ketma-ket uch marta pasaytirilganidan keyin qabul qilindi. Bunga qadar, o‘tgan yilning oxiridan beri “kalit stavka” rekord darajada yuqori bo‘lib, 21% ni tashkil etgan edi.
Rossiya banki raisi Elvira Nabiullina oktyabr oyi boshida regulyator pul-kredit siyosatida ehtiyotkorona yondashuvni davom ettirishini ta’kidlagan edi.
Yil oxirigacha stavka bo‘yicha qarorlar oldindan belgilanmagan, garchi uni pasaytirish uchun joy saqlanib qolmoqda.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Aleksey Zabotkin, o‘z navbatida, oktabr oyidagi qaror puxta o‘ylangan bo‘lishini va barcha ma’lumotlar hisobga olinishini ta’kidladi.
Rossiya banki tomonidan 22-oktabrda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, aholining inflyatsiya kutilmalari o‘zgarishsiz qolgan, ammo kuzatilayotgan inflyatsiya darajasi taxminan 14% gacha pasaygan.
Regulyator tomonidan qayd etilishicha, so‘nggi oylarda kreditlashning o‘sishi faollashdi. Inflyatsion kutilmalar yuqoriligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, Rosstatning joriy statistikasi iste’mol narxlarining barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda: ketma-ket uchinchi hafta inflyatsiya 0,2% dan oshdi va yillik ko‘rsatkich deyarli 8,2% gacha tezlashdi.
Rossiya bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil oxiri va 2026-yil boshida joriy inflyatsiya bosimi bir qator omillar, jumladan, narxlarni sozlash va inflyatsion kutilmalarning QQSning kelgusi o‘sishiga munosabati bilan vaqtincha kuchayadi. Ularning ta’siri tugagach, dezinflyatsiya davom etaveradi. Bunga qat’iy pul-kredit sharoitlari yordam beradi.
Avvalroq Spot O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 24-oktabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish haqida yozgandi.
