1-oktabr holatiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondagi banklarning sof foydasi 10,87 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 35% ga ko‘p.

Spot banklarning birinchi yarim yillikdagi moliyaviy hisobotlarini o‘rganib chiqdi va ularning aksariyati oktabr oyiga ijobiy natija bilan o‘tganini aniqladi. Ko‘pgina banklar uchinchi chorak bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilgan, ayrimlari esa yo‘q. Bankers.uz nashri banklar qancha foyda olgani haqidagi infografikani e’lon qildi.

Ko‘plab mahalliy banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular nafaqat tijorat muassasalari sifatida, balki rivojlanishga yo‘naltirilgan tashkilotlar sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi, bu esa sof bozor sharoitida ularning daromadliligini xolis baholashni qiyinlashtiradi.

To‘qqiz oyda quyidagi 4 ta bank sof foydasini 1 trln so‘mdan oshirdi:

Quyidagi 7 ta bank 300 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda olgan:

Navbatdagi 8 ta bank 100 mlrd so‘mdan 300 mlrd so‘mgacha sof foyda olgan:

Keyingi 14 ta bank 100 mlrd so‘mgacha foyda ko‘rdi:

  • MKBank (Mikrokreditbank) — 90,9 mlrd so‘m;
  • Ziraat bank — 52,9 mlrd so‘m;
  • Agrobank — 32,8 mlrd so‘m;
  • TBC Bank — 30,3 mlrd so‘m;
  • Turonbank — 19,5 mlrd so‘m;
  • Saderat Bank — 17,9 mlrd so‘m;
  • Poytaxt Bank — 13,5 mlrd so‘m;
  • Mybank (ilgargi Madad Invest Bank) — 11,1 mlrd so‘m;
  • Hayot bank — 10,8 mlrd so‘m;
  • Tenge Bank — 8,3 mlrd so‘m;
  • Uzum bank — 7,6 mlrd so‘m;
  • Open bank (Smart Bank) — 0,9 mlrd so‘m;
  • Garant bank — 0,8 mlrd so‘m;
  • AVO bank — 0,4 mlrd so‘m.

Quyidagi 2 ta bank esa bu davrni zarar bilan yakunlagan:

  • Apex Bank — 52,2 mlrd so‘m;
  • Yangi Bank — 95,4 mlrd so‘m.

27-avgust kuni Markaziy bank Qozog‘istonning Yevrosiyo banki’dan litsenziyasini chaqirib oldi. Qaror bankning ustav kapitali miqdori minimal talablarga (500 mlrd so‘m bo‘lishi kerak) javob bermagani hamda boshqa qonunchilik talablari bajarilmagani sababli qabul qilingan.

So‘nggi 2,5 yil davomida O‘zbekistonda birorta ham yangi bank tashkil etilmadi. Oxirgisi 2023-yil may oyi boshida litsenziya olgan Yangi Bank bo‘ldi. Spot bank bozorida yangi ishtirokchilarning yo‘qligi sabablari va buning iqtisodiyotga taʼsiri haqida iqtisodchilar bilan suhbatlashgandi.

Markaziy bank bank sektorida raqobat yetarli darajada emas deb hisoblaydi. Regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, Markaziy bank banklar sonini ma’lum bir darajaga yetkazishni maqsad qilmagan, aksincha, ularning raqobat muhitini yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Spot banklarga aholiga kredit ajratishda yangi talablar belgilangani haqida yozgandi. Endilikda banklar mijozlarga tavakkalchiliklar bo‘yicha cheklist taqdim etadi. Shuningdek, ular oldindan rozilik belgilarini o‘rnatmasligi, kreditni nafaqa va yordam pullaridan undirmasligi hamda to‘lov jadvaliga qat’iy rioya qilishi shart.