Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini tashish uchun chegirmani yana uzaytirdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
O‘zbekiston va Tojikistondan meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda 50%lik chegirma 2026-yilgacha uzaytiriladi.
Bundan tashqari, Rossiya temir yo‘llari boshqaruvi Moskva yaqinidagi Selyatino stansiyasidan Sergeli va Jizzax stansiyalariga Kanisay chegara stansiyasi orqali, teskari yo‘nalishda esa Ozinki stansiyasi orqali refrijerator konteynerlarida tashish uchun 20,4% chegirmalarni qoldirdi.
O‘zbekiston va Tojikistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini O‘zbekiston temir yo‘llari va Rohi ohani Tojikistonga tegishli refrijeratorli harakatlanuvchi tarkibda import qilishda 50% chegirma 2021-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladi va har yili uzaytiriladi.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylari davomida O‘zbekiston 1,6 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5% ko‘p bo‘lib, qiymati $1,45 mlrdni tashkil etdi (39,3% ga o‘sish). Meva-sabzavot mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi 5,5% ga yetdi.
Avvalroq Spot Olmaota-Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlashi haqida yozgandi.
