Ichki ishlar vazirligi zararli APK fayllar va havolalarni aniqlab, ularni Telegram guruh va kanallaridan o‘chirib boradigan Cyber Shield botini ishga tushirdi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Bot test rejimining birinchi haftasida mingga yaqin kanallar, 1,5 ming guruh va ikki mingga yaqin chatga ulandi. Natijada 200 dan ortiq virusli APK fayllar messenjerdan zararsizlantirgan.

Botdan foydalanish uchun uni ishga tushirib, foydalanuvchi o‘zi admin bo‘lgan guruh va kanallarga qo‘shishi kerak. Shundan so‘ng Cyber Shield ularga kelgan zararli ilova va havolalarni avtomatik o‘chiradi.

Foydalanuvchilardan bot manzilini yaqinlariga ulashish hamda noma‘lum APK fayllarni ochishda ehtiyot bo‘lish so‘ralmoqda.

Avvalroq Spot shaxsga doir ma‘lumotlar bilan ishlashda kiberxavfsizlik talablari joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Slovakiya banklar uchun qo‘shma kiberxavfsizlik markazini tashkil etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shu bilan birga, bunday markazni yuk tashishlarni kuzatishning ilg‘or tizimlarini joriy etishda ham yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.