Uzbekistan Airways Xitoyning ICBC Aviation Leasing kompaniyasidan ikki samolyotni lizingga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar ikki yangi Airbus A321neo laynerini ikki klassli joylashuvda yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Samolyotlar 2027−2028-yillarda O‘zbekistonga yetib kelishi kerak.
Bu laynerlar Uzbekistan Airways’ning ICBC Aviation Leasing bilan hamkorlik doirasida oladigan birinchi samolyotlari bo‘ladi. Ular yetkazilgach, A321neo parkidagi samolyotlar soni 15 taga yetadi.
Yangi samolyotlar ishlab chiqaruvchining Airspace Premium yuqori qulaylikdagi salonlari bilan jihozlanadi. Shuningdek, bortda zamonaviy ko‘ngilochar multimedia tizimlari va parvoz vaqtida internet mavjud bo‘ladi.
Kompaniya ta’kidlashicha, ICBC Aviation Leasing bilan kelishuv aviakompaniyaning parkni yangilash va kengaytirish strategiyasi doirasiga kiradi.
Hamkorlikning ushbu yangi yo‘nalishi aviatrizning lizing bozoridagi ishtirokini kuchaytirishi kutilmoqda.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston $8,5 mlrdga 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib olishi haqida xabar bergandi.
Har bir samolyotning narxi $386,3 mln bo‘lib, bu asosiy narxdan yuqori. Uzbekistan Airways shartnoma summasi va tafsilotlari haqida izoh bermadi.
