Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyev Ekologiya vazirligini Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgandi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga hisobot beradi.

Davlat rahbari alohida farmon bilan Ekologiya qo‘mitasi raisini tayinladi. Bungacha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini boshqargan Aziz Abduhakimov rahbar bo‘ldi.

Abduhakimov prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham bo‘ladi. Prezident Administratsiyasi tuzilmasida uning uchun ikkita shtat birligidan iborat bo‘linma tashkil etiladi.

Turli yillarda Abduhakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, turizm vaziri bo‘lgan.

U 2022-yil dekabridan Ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitalari negizida tashkil etilgan va keyinchalik Ekologiya vazirligiga aylantirilgan Tabiat resurslari vazirligini boshqargan.


Avvalroq Spot prezidentning hududiy rivojlanish va iqtisodiy siyosat bo‘yicha yangi maslahatchilari tayinlangani haqida yozgandi.

Ravshan Gulyamov prezidentning hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha, Obid Hakimov esa iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.