2025-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb $2,2 mlnga teng bo‘lgan 6 476 tonna limon import qildi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar kam, o‘shanda yetkazib berish hajmi 8 360 tonnaga ko‘p bo‘lgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga eng ko‘p limon yetkazib berilgan hududlar:
- Tojikiston — 2 107 tonna,
- Turkiya — 1 968 tonna,
- Xitoy — 1 034 tonna,
- Argentina — 482 tonna,
- Qozog‘iston — 331 tonna.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 24-noyabr holati bilan Yangi Qo‘yliq dehqon bozori — Food city savdo majmuasi hamda Eski juva (Chorsu) dehqon bozori ulgurji narxlari bo‘yicha kunlik ma’lumotida limon narxi bir kilogrammi uchun 18−30 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Avvalroq EstFruit O‘zbekistonga kartoshka importi hajmi 9% ga oshgani haqida xabar bergandi.
Dastlabki 8 oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston kartoshka importini oshirdi, uning asosiy yetkazib beruvchisi Pokiston bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatga 11 ta davlatdan 490,8 ming tonna kartoshka kiritilgan bo‘lib, uning qiymati $49,7 mlnni tashkil etgan.
Import hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1% ga yoki 41 ming tonnaga ko‘paydi.
Eng katta yetkazib berish hajmlari quyidagi mamlakatlarga to‘g‘ri keldi:
- Pokiston — 299,4 ming tonna;
- Qozog‘iston — 110 ming tonna;
- Afg‘oniston — 34,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston — 18,1 ming tonna;
- Rossiya — 15,4 ming tonna.
- boshqa mamlakatlardan 13,1 ming tonna mahsulot keltirildi.
