Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi Turkiston shahridan O‘zbekistonga uchta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Hazrat Sulton xalqaro aeroportidan Urganchga parvozlar 1-dekabrdan boshlanadi. Kompaniya 2-dekabrdan Buxoroga, 3-dekabrdan esa Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Uchala yo‘nalishda ham parvozlar Bombardier CRJ-200 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Turkiston-Urganch-Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Parvozlar jadvali:
- dushanba kuni:
- Turkistondan jo‘nab ketish — 8:00, Urganchga kelish — 9:20;
- Urganchdan jo‘nab ketish — 10:20, Turkistonga kelish — 11:30.
- juma kuni:
- Turkistondan jo‘nab ketish — 16:00, Urganchga kelish — 17:20;
- Urganchdan jo‘nab ketish — 18:20, Turkistonga kelish — 19:30.
Turkiston-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi:
- seshanba kuni:
- Turkistondan jo‘nab ketish — 18:00, Buxoroga kelish — 19:00;
- Buxorodan uchish — 20:00, Turkistonga kelish — 21:00.
- shanba kuni:
- Turkistondan jo‘nab ketish — 9:00, Buxoroga kelish — 10:00;
- Buxorodan uchish — 11:00, Turkistonga kelish — 12:00.
Turkiston-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chorshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
- Turkistondan jo‘nab ketish — 7:00, Samarqandga kelish — 8:00.
- Samarqanddan jo‘nab ketish — 9:00, Turkistonga kelish — 10:00.
Chipta narxi 39 998 tenge (Markaziy bank kursi bo‘yicha 922 353,88 so‘m) dan boshlanadi.
SCAT 2020-yil kuzida O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat olgan. Qozog‘iston kompaniyasi uchun birinchi yo‘nalish Aqtau-Urganch-Aqtau yo‘nalishi bo‘ldi. Aviatashuvchi parvozlarni 2021-yil mart oyida boshlagan.
Avvalroq Rossiyaning Pobeda aviakompaniyasi 16-dekabrdan boshlab Moskva-Farg‘ona reyslarini yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.
