Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi.
Hujjatga ko‘ra, poytaxt hokimligi 2026-yil bahor va kuz mavsumlarida 33 km uzunlikdagi kichik halqa yo‘li bo‘ylab “Yashil koridor” loyihasini amalga oshiradi.
2026-yil 1-aprelgacha xorijiy kompaniya va ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda “Yashil Toshkent” master rejasi ishlab chiqiladi.
Toshkentning 700 ta chorrahasida zamonaviy, sunʼiy intellekt yordamida harakat oqimini boshqarish imkoniyatiga ega intellektual svetofor tizimi joriy etiladi.
Barcha tumanlarda “yashillik” darajasi past bo‘lgan 3 tadan, uzunligi 5 kmdan kam bo‘lmagan “Soyali sayr ko‘chasi” tashkil qilinadi.
Bepul asosda atmosfera havosi sifati buzilishi, tabiiy va antropogen manbalarni aniqlash bo‘yicha doimiy monitoring yo‘lga qo‘yiladi.
Uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Toshkent va unga tutash hududlardagi qurilish maydonlarining ekologiya talablariga rioya qilinishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boriladi.
2026-yil oxirigacha mamalakatdagi barcha toifaga kiruvchi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinishi haqida yozgandi.
