Avvalroq Spot Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilgi budjetnomada soliq siyosatidagi bir qator o‘zgarishlarni e’lon qilgani haqida yozgandi.

Alkogol va tamaki mahsulotlari, shuningdek, neft mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Xususan, prezidentning 2024-yil iyundagi farmoni va Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq, import tovarlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun aksiz solig‘i birxillashtiriladi.

Alkogol va spirt

2026-yil 1-fevraldan boshlab alkogol (aroq, konyak va boshqalar) ning mahalliy mahsulotlari uchun etil spirtining bir litri 48 ming so‘m va import mahsulotlari uchun 60 ming so‘m miqdorida aksiz solig‘ini belgilash rejalashtirilmoqda. Import qilinadigan ichimliklar uchun amaldagi aksiz solig‘i 76 ming so‘mni, mahalliy ichimliklar uchun esa 44 ming so‘mni yoki 42% ga kamroqni tashkil etadi.

1-iyuldan o‘tkir alkogol ichimliklariga 48 ming so‘m miqdorida yagona stavka bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi.

Vino va pivoga aksizlar ham xuddi shunday tarzda o‘zgaradi. Jumladan:

Mahsulot
Aksiz solig‘i stavkasi, 1 litr uchun so‘m
Import
Mahalliy
Tabiiy vino
amaldagi stavka
14 000
5000
2026-yil 1-fevraldan
12 000
7000
2026-yil 1-iyuldan
10 000
Boshqa vino
amaldagi stavka
20 000
6000
2026-yil 1-fevraldan
15 000
9000
2026-yil 1-iyuldan
12 000
Pivo
amalda
6000
2000
2026-yil 1-fevraldan
5000
3000
2026-yil 1-iyuldan
3000

Kelasi yil 1-yanvardan 1 litr iste’mol va texnik etil spirti uchun 15 ming so‘m aksiz solig‘i stavkasi saqlab qolinib, etil spirtining bosh fraksiyasiga aksiz solig‘ini 1 litr uchun amaldagi 15 ming so‘mdan 5 ming so‘mgacha pasaytiriladi.

Tamaki

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 1-fevraldan boshlab sigara, chilim uchun tamaki, o‘rama tamaki, qizdiriladigan tamaki tayoqchasi va veyplar uchun aksiz solig‘ini 7% ga oshirishni taklif qilmoqda.

Shu bilan birga, kelasi yilning 1-iyulidan filtrli yoki filtrsiz sigaretlarga aksiz solig‘i ham 7% gacha oshiriladi.

Aksizlarning joriy va rejalashtirilgan stavkalarini quyidagi jadvalda taqqoslash mumkin:

Mahsulot
Aksiz solig‘i stavkasi, so‘mda
amalda
taklif etilmoqda
Sigaretlar, 1000 donasi uchun
340 000
365 000
Sigara, 1 donasi uchun
20 000
21 500
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, 1 kg uchun
450 000
481 500
Chilim uchun tamaki, chekiladigan o‘rama tamaki, 1 kg
600 000
642 000
Veyplar, 1 ml uchun
2000
2140

Boshqa mahsulotlar

1-apreldan neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va yakuniy iste’molchilarga sotishda aksiz solig‘ini 7% ga oshirish taklif etilmoqda.

Quyidagi jadvalda ushbu taklif asosida hisoblangan taxminiy raqamlar keltirilgan:

Tovar
(o‘lchov birligi)

Joriy stavka, so‘mda
1-apreldan kutilayotgan stavka, so‘mda
Neft mahsulotlari:
AI-80 va undan yuqori benzin (1 tonna uchun)375 000
~401 250
AI-91 va undan yuqori benzin (1 tonna uchun)335 000
~358 450
aviakerosin, sintetik kerosindan tashqari (1 tonna uchun)300 000
321 000
dizel yonilg‘isi (1 tonna uchun)360 000
~385 200
Eco dizel yoqilg‘isi (1 tonna uchun)325 000
~347 750
dizel va injektorli dvigatellar uchun motor moyi (1 tonna uchun)510 000
~545 700
Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan tovar:
AI-80 va undan yuqori benzin
(1 litr/ 1 tonna uchun)
525
~561,75
700 000
749 000
AI-91 va undan yuqori benzin
(1 litr/ 1 tonna uchun)
470
~502,9
621 000
664 700
dizel yonilg‘i
(1 litr/ 1 tonna uchun)
525
~561,75
635 000
679 450
suyultirilgan gaz
(1 litr/ 1 tonna uchun)
476
525
1 000 000
1 070 000
siqilgan gaz (1 kub m uchun)750
~802,5

Polietilen granulalar va tabiiy gaz uchun stavkalar o‘zgarishsiz — mos ravishda 10% va 12% miqdorida qoladi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi shirin ichimliklarga aksiz solig‘ining progressiv stavkasiga o‘tish (shakar miqdoriga qarab 500 so‘mdan 535 so‘mgacha) va energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 7,5% ga — 2150 so‘mgacha oshirishni taklif qildi. Bundan tashqari, kartoshka chipslarining bir kilogrammi uchun 15 ming so‘m miqdorida aksiz solig‘ini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari sohasida avtomatlashtirilgan xavf-tahlil tizimi ishga tushirilishi haqida yozgandi.