Avvalroq Spot Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilgi budjetnomada soliq siyosatidagi bir qator o‘zgarishlarni e’lon qilgani haqida yozgandi.

Kelgusi yil uchun mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini oshirish taklif etilmoqda.

Bunda mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llaniladigan ijara to‘lovining minimal stavkalarini 7% ga indeksatsiya qilish rejalashtirilgan.

Eng kam soliq stavkalari quyida keltirilgan:

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich
Taklif etilayotgan oylik ijara to‘lovi stavkalarining eng kam miqdorlari, so‘mda
Toshkent
Nukus, viloyat markazlari
boshqa aholi punktlari
1. Binolar:
turar joy
Umumiy maydonning 1 km.metri uchun
30 000
14 500
5 900
noturar joy
48 000
28 400
11 800
2: Avtotransport
yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobillar)
1 ta avtomobil uchun
918 000
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 824 000

Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, ular ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etiladi. Bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno.

2025-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llaniladigan ijara to‘lovining minimal stavkalari 10−12% ga indeksatsiya qilingandi.

Avvalroq Spot O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta ijaraga berishga ruxsat berilishi haqida yozgandi. Yer egalari hamda foydalanuvchilari o‘z yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini 2027-yilgacha ijara huquqiga o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.