Biban 2025 forumi “Riyadh Front Exhibition & Conference Center” majmuasida o‘tkazildi. Bu tadbir — tadbirkorlik, investitsiya va innovatsiyalar chorrahasidagi eng yirik xalqaro platformalardan biri bo‘lib, u asosan kichik va o‘rta biznes (SME), startaplar, franshiza, raqamli savdo va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlariga qaratilgan.

Linko uchun bu ishtirok Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) bozoriga chiqish va O‘zbekistondan chiqqan global texnologik o‘yinchi sifatida o‘z brendini mustahkamlash imkoniyatini berdi.

linko, reklama

Linko innovatsion texnologiyalarini namoyish etdi

Stendida Linko kichik biznesdan tortib yirik tarmoqlargacha mo‘ljallangan savdoni avtomatlashtirish tizimlarini taqdim etdi.
Linko POS tizimi o‘zining aqlli funksiyalari bilan e’tibor qozondi: tavsiya etilgan xarid, savdo analitikasi va ayniqsa AI qabul qilish funksiyasi. Bu funksiya mahsulotlarni tizimga kiritish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi: hatto qo‘lda yozilgan yuk xatini suratga olish kifoya — tizim ma’lumotlarni taniydi va avtomatik tarzda bazaga kiritadi.

Yana bir katta qiziqish uyg‘otgan texnologiya Linko SFA — Perfect Store. Bu savdo auditi uchun yangi standart bo‘lib, kamerani javonga yo‘naltirish kifoya — tizim assortimentni taniydi va aniq hisobot shakllantiradi. Natijada audit tezroq va ishonchliroq bo‘ladi.

linko, reklama

Shuningdek, Linko TAP chakana savdo va distribyutsiya uchun maxsus yaratilgan B2B-marketpleys ham tashrif buyuruvchilar tomonidan yuqori baholandi. Platformaning qulayligi va funksionalligi e’tirof etildi.

Tashrif buyuruvchilar dasturlar funksiyalarini video orqali ko‘rib, Linko jamoasiga savollar berish, hamda pilot loyihalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Linko jamoasi haqida

Biban 2025 forumida Linko ekotizimini shaxsan CEO va hammuassis Aziz Payziyev hamda hammuassis Laziz Adhamov taqdim etdilar.

Forum jamoa uchun haqiqiy ilhom manbai bo‘ldi: ochiqlik va xalqaro tajriba almashinuvi muhiti jamoaning ishonchi va ambitsiyasini yanada kuchaytirdi.

“Raqobatchilar bilan mahsulotimizni solishtirib, ishonch hosil qildik: biz ulardan kam emasmiz hatto kassaviy tizimlarda biz mintaqadagi yechimlardan ustunmiz”, — dedi Laziz Adhamov.

linko, reklama

“Biban 2025 bizning 2026-yilda mintaqaviy bozorga chiqish salohiyatimiz yuqoriligini tasdiqladi”, — deya qo‘shimcha qildi Aziz Payziyev.

Natijalar va strategik istiqbol

Forum amaliy natijalar berdi: Linko Saudiya Arabistoni, BAA, Marokash va Sudan kabi mamlakatlardan 5−6 ta mintaqaviy integratorlar bilan aloqalar o‘rnatdi, shuningdek, 4−5 ta strategik investorlar kompaniyaning keyingi investitsiya bosqichida ishtirok etishga qiziqish bildirishdi.

Linko strategiyasi MENA mintaqasida bosqichma-bosqich kengayish va keyinchalik Markaziy Osiyo bozorlariga yechimlarni integratsiya qilishdir. Forumda ishtirok etish kompaniyaga raqobat muhitini baholash, muhim hamkor va investorlarni aniqlash imkonini berdi. Bu esa Linko ekotizimini xalqaro miqyosda kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Biban 2025 Linko uchun oddiy ko‘rgazmadan ko‘ra ko‘proq narsa bo‘ldi. Bu — strategik manifest edi:

“Biz global raqobatga tayyormiz.”

O‘zbekistondan chiqqan yechimlar endi mintaqa chegarasidan chiqib, chakana savdo va raqamli tijorat sohasida o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga tayyor.

Sayt: linko.uz
Instagram: @linko_uzbekistan

Reklama huquqlari asosida.