HP 2028-yilga kelib 6000 gacha ish o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Reuters nashri.
Kompaniya rahbari Enrike Loresning ta’kidlashicha, qisqartirishlar mahsulotni ishlab chiqish, ichki operatsiyalar va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadigan jamoalarga ta’sir qiladi.
Loresning aytishicha, kompaniya uch yil davomida $1 mlrd tejashni mo‘ljallamoqda. Bu mablag‘ butlovchi qismlar, ayniqsa, sun’iy intellekt uchun hisoblash quvvatlariga talabning oshishi sababli narxi ko‘tarilayotgan xotira mikrosxemalari xarajatlarining o‘sishini qoplash uchun zarur hisobalanadi.
Loresning aytishicha, HP hozircha “yetarli zaxiraga” ega, ammo kompaniya 2025-yilning ikkinchi yarmidagi rejalarini amalga oshirishga ehtiyotkorona yondashmoqda.
Xarajatlari kamroq bo‘lgan ta’minotchilarni izlamoqda, qurilmalardagi xotira tuzilishini o‘zgartirmoqda va narxlarni qayta ko‘rib chiqmoqda.
2022-yilda HP 2025-yil oxirigacha 6000 ga yaqin xodimni qisqartirishni nazarda tutuvchi biznesni qayta qurish bo‘yicha keng ko‘lamli rejani taqdim etdi.
2025-yil fevral oyida kompaniya yana 2000 ga yaqin kishini ishdan bo‘shatish rejasini e’lon qildi.
Avvalroq Spot Amazon 30 mingta ofis xodimlarini qisqartirishni boshlashi haqida yozgandi.
Qisqartirish pandemiya davridagi ortiqcha yollash va hozirgi xarajatlarni kamaytirish zarurati bilan izohlanmoqda.
