Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi o‘z zavodlarida odamlarni robotlar bilan almashtiradi. Bu haqda gizmochina nashri xabar bermoqda.
Kompaniya rahbari Ley Jun jurnalistlar bilan suhbatda sun’iy intellekt (SI) yaqin kelajakda sanoatga juda kuchli ta’sir ko‘rsatishini aytdi.
Tadbirkorning ma’lum qilishicha, uning kompaniyasi taxminan besh yildan keyin zavodlarida odamsimon robotlarni joriy etishni boshlaydi.
Avtomatlashtirishning muvaffaqiyatli namunasi sifatida Szyun kuzov detallarini tekshirish statsionar robotlar yordamida amalga oshiriladigan Xiaomi elektromobillar zavodini keltirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektga asoslangan rentgen tizimi detallarni ikki soniyada tekshiradi va tirik xodimga qaraganda o‘n baravar tezroq harakatlanishni ta’minlaydi.
Ley Szyunning ta’kidlashicha, avtomatlashtirishning yangi darajasi taxminan $140 mlrdlik sanoat bozorini ochadi. Xiaomi rahbarining ta’kidlashicha, IT-gigantlar arzon ishchi kuchiga e’tibor berishni to‘xtatib, robotlarni afzal ko‘rishadi.
Avvalroq Xitoyda gumanoid robot universitetga o‘qishga kirgani haqida xabar berilgandi.
Robotning ismi Syueba 01 bo‘lib, xitoycha jargondan tarjima qilinganda “chuqur bilimga ega a’lochi” degan ma’noni anglatadi.
South China Morning Post nashri “talaba"ni silikon terili chiroyli katta yoshli erkak deb ta’rifladi. U ko‘ylak va shim kiygan va xitoy tilida gaplasha oladi. Syuebning bo‘yi 175 sm, og‘irligi 30 kg atrofida.
Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Shanxay teatr akademiyasiga (STA) Syueba 01 nomli robot qabul qilindi. U “Drama va kino” ixtisosligi bo‘yicha doktoranturada ta’lim oladi, bunda operaga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv dasturiga sahna mahorati, ssenariy yozish, ssenografiya va harakat boshqaruvi kabi fanlar kiritilgan.
