Sun’iy intellekt anchadan buyon qandaydir kelajakdagi (futuristik) hodisa bo‘lmay qolgan. U hayotimizga sezdirmay kirib keldi va turli-tuman vazifalarda — bir zayldagi ishlardan tortib o‘zini rivojlantirish va yangi loyihalar yaratishgacha bo‘lgan vazifalarda ko‘maklashadigan vositaga aylanib ulgurdi.
Bu borada mamlakat darajasida ham o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Oxford Insights dagi AI Readiness Index global tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston birdaniga 17 pog‘onaga ko‘tarilib, 188 tadan 70-o‘rinni egalladi, sun’iy intellektni joriy qilishga tayyorlik bo‘yicha Markazy Osiyoning yetakchisiga aylandi. Mamlakatda amalga oshirish, moliyalashtirishning aniq rejasi va monitoring mexanizmlariga ega bo‘lgan SI bo‘yicha Milliy strategiya ham qabul qilingan.
SIni qo‘llash, ayniqsa, korporativ muhitda sezilarli: BMT Taraqqiyot Dasturining Digital Economy of Uzbekistan tadqiqotlari ma’lumotlariga ko‘ra, kompanyalarning 57,9% SI vositalarini joriy etib ulgurgan- ko‘proq kontent, sotuvlar va mijozlarga xizmat uchun. Korxonalarning 79,9% esa yaqin 12 oy ichida neyrotarmoqlardan foydalanishni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu jihatdan tadbirkorlar va rahbarlarga, ya’ni undan har kuni foydalanayotganlarga sun’iy intellekt qanday yordam berayotganini ko‘rish qiziqarlidir. Spot biznes vakillari bilan SI ularning ishiga va shaxsiy hayotiga qanday kirib borgani, qaerda vaqtni tejayotgani, qaerda esa chaqiriqlar yaratayotgani haqida suhbatlashdi.

Yandex Uzbekistan rahbari.
Doim tajriba o‘tkazib, har kuni OpenAIdan ChatGPT, Google Gemini va boshqa servislardan foydalanaman. Bu vositalardan foydalanish menga yoqadi. SI texnologiyalari keng qo‘llanadigan Yandex Searchni ishga tushirib va o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yib, keskin taraqqiyotga erishdik deb hisoblayman.
Hoynahoy, eng ko‘p ChatGPTdan foydalanaman — ayniqsa, yaxshi reserch (izlanish)kerak bo‘lganda. Yana yaxshi bir qidiruv vositasi — Perplexity, undan ham tez-tez foydalanib turaman. Men SIga topshirgan vazifaga aniq misol haqida gapiradigan bo‘lsam, yaqinda Googledan VEO 3 ga “yopishib qoldim” — Market Yandex Go uchun reklama roliklarini yaratdim.
Biz sun’iy intellekt vositalaridan marketingda eng yuqori darajada foydalanishga intilayapmiz, chunki bu ishlab chiqarishda aql bovar qilmas tezlik va g‘oyalarni amalga oshirishda ham xuddi shunday tezlik berayapti. Jamoamiz SIdan har kuni foydalanadi, masalan, katta hujjatlar va maqolalarni tahlil qilish kerak bo‘lganda — bularning hammasi sun’iy intellektga autsorsing uchun beriladi.
Aslida biz SI yordamida juda ko‘p vizuallar qilamiz: generatsiyalar foto va videolar ishlab chiqish vaqtini sezilarli qisqartiradi. Masalan, reklama kampaniyasini suratga olishga odatda 2−3 oy ketadi, generativ kampaniyani esa tezroq ishga tushirish mumkin. Fotosurat bilan jarayon yana ham tezroq bo‘ladi. Bu byudjetdan oqilona foydalanish va ayni shu resurslar bilan ancha katta vazifalarga ishlov berishga ko‘maklashadi.
Bu yana ilgari klassik prodakshen bilan amalga tatbiq etish qiyin bo‘lgan g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish imkonini ham beradi. Bunda neyrotarmoqlar dizaynerning o‘rnini to‘liq bosuvchi emas, balki uning qo‘lidagi vosita bo‘lib qolaveradi. Mutaxassislarni qisqartirganimiz yo‘q, ammo yangilarini hadeb ishga olavermayapmiz ham.
Nazar tashlansa, juda ko‘p vizuallarimiz anchadan buyon SI tomonidan ishlab chiqilmoqda. Bizda sun’iy intellektsiz ishlashning iloji yo‘q, agar kimdir u bilan ishlamas ekan, demak nimadir joyida emas va uning ishtiroki ustida ish olib borish kerak.
Shu bilan birga, SI uy ishlarini tashkil etishda yordam beryapti deb aytmagan bo‘lardim, lekin sayohatlarni rejalashtirishda, ha, asqotyapti. Yaqinda Istanbulda bo‘ldim va qayerlarga borishim, hali ko‘rmagan narsalarimdan nimalarni ko‘rishim mumkinligini ChatGPTdan so‘radim. Bu qiziqarli tajriba bo‘ldi.
SI g‘aroyib ufqlarni ochyapti. Endi ishlanmaga kirish bo‘sag‘asi hamma uchun o‘ta pasaytirilgan. Bilimlar nuqtai nazaridan: kodlar va dasturlashtirishni o‘rganish uchun siz juda ko‘p vaqt tejab qolasiz. Boshlang‘ich kapital nuqtai nazaridan: har bir startap investisiyalar va Time to Marketni sezilarli qisqartirishi mumkin.

tadbirkor, TEAM University vа Ground Zero hammuassisi.
Asosan universtet haqida gapiraman, chunki u yerda sun’iy intellektni keng qo‘llaymiz. Biz qilgan birinchi ish — xalqaro dastur doirasida bakalavriat va magistratura tinglovchilarining ishlaridagi plagiatni aniqlash bo‘yicha Turnitin xalqaro yechimini qo‘llay boshladik.
Yaqinda Turnitinga SIni aniqlash bo‘yicha modulni o‘rnatdik. Masalan, agar esse yoki loyiha ishlarida SIdan foydalanish 50%dan oshadigan bo‘lsa, bu- tinglovchi yengil-elpi ish qilgani va sun’iy intellektga haddan ortiq ishonganidan darak beradi.
Biz ongga hujum, g‘oyalarni aniqlash uchun, ya’ni SIdan sog‘lom foydalanishga hech qachon qarshi emasmiz, ammo fikrlash jarayonining o‘rnini almashtirib qo‘yishga qarshi ekanligimizni ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Ishimizda uchta yechimni faol qo‘llashni ko‘rib turibman — ChatGPT (OpenAI), Gemini (Google), shuningdek, oxirgi vaqtda yevropalik hamkasblarimizning maslahatiga binoan NotebookLM(Google)dan foydalana boshladik.
Vazifalar mutlaqo har xil bo‘ladi, masalan, dizayn va marketing bo‘limi har kuni SI ishlatadi va juda yaxshi natija olinmoqda. Universitetning tumori (maskot) bor — professional dizaynerlar yaratgan qor qoploni. Bizning ramzimiz noyob bo‘lib, shunchaki sun’iy intellekt tomonidan yaratilmagan, lekin turli liboslarda, holatlarda undan foydalanish uchun SIni qo‘llaymiz. Bo‘lim, masalan, bizning maqsadli auditoriyamizni tahlil qilish va postlar hamda boshqa matnlarni loyihalash uchun algoritmlardan foydalanadi ham. Vositalar yordamida nashrlar yaxshi tarzda tahrir qilinmoqda. G‘oyalar ongga hujum davomida tug‘iladi, keyin SI tomonidan silliqlash bo‘ladi, yakuniy tasdiqlashni esa jamoa amalga oshiradi.
SIni universtetda qo‘llashning boshqa misoli ham bor: masalan, HR jamoa undan turli siyosatlarni ishlab chiqishda, rezyumeni tahlil qilishda, lavozim yo‘rqnomalarini tayyorlash va timbildinglar tashkil qilishda foydalanadi. Hamma bo‘linmalar tilga oid to‘g‘rilashlar va matnlarni tarjima qilishda neyrotarmoqlardan foydalanadi. Universitetda muloqotlar uchta tilda olib boriladi.
Bizda faqat ingliz tilida muloqot qiladigan hamkasblar bor — ular uchun barcha ichki siyosatlar tarjima qilingan, o‘quv materiallari esa avval-boshdanoq ingliz tilida yaratiladi. Lekin zarurat bo‘lganda, talabalarning ota-onalari uchun ularni o‘zbek yoki rus tiliga tez tarjima qilib berishimiz mumkin — qo‘l ostingda tezkor va ishonchli SI tarjimon bo‘lganda muloqot ancha oson va tezroq bo‘ladi.
Shubhasiz, sun’iy intellektdan shaxsiy maqsadlarim uchun ham foydalanayapman. Shunisi sozki, o‘zaro hamkorlik juda tez ro‘y beradi va ba’zan qandaydir kalit so‘zlarni berish yetarli — xoh chiptalar qidirish bo‘lsin yoki xoh qandaydir iqtisodiy holatlarni bilib olish bo‘lsin, farqi yo‘q. Faoliyatim turiga ko‘ra men ko‘plab turli omillarni bilishim shart.
Masalan, Laziz Adxamov (Spot izohi — SAP Uzbekistan drektori, TOP-Contact asoschisi va Bookcafe hammuassisi) bilan birga yuritadigan “Fikr yetakchilari” podkasti uchun, qahramonlar haqidagi materialni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqishim kerak. SI vositalari bunda yordam beryapti, shuningdek, bahsni to‘g‘ri yo‘naltirishim uchun savollar tayyorlashda ham. Shular sababli biz ancha tayyorgarlikdan o‘tgandek ko‘rinamiz va tinglovchi uchun qahramonni eng ko‘p darajada ochib bera olamiz.
Shu bois bular ijodkor kasblar uchun tengi yo‘q vositalar, deb hisoblayman. Yana sun’iy intellekt bizga ishbilarmonlik nonushtalari, aylana stol tadbirlarining dasturlarini tuzishda, shuningdek, chet el safarlarini tashkil qilishda yordam beradi.
Men DBA dasturi bo‘yicha doktoranturani boshladim va bu yerda NotebookLM maqolalar tahlili bo‘yicha hayotimni ancha yengillashtirayapti — neyrotarmoq hammasini podkast shaklida qisqa mazmunga aylantiradi. Shunday qilib, sun’iy intellekt yildan-yilga hayotimizga tobora chuqurroq kirib borishini kuzataveramiz, bu, ayniqsa, internetga kirish mamlaktimizda kuchli ortganligi bilan ko‘proq sezilib boraveradi. Bu shuni anglatadiki, toki aloqa va promtlardan foydalana bilish mahorati bor ekan, uni hamma yerda har qanday tilda va mamlaktimizning har bir nuqtasida ishlataverishadi.
Agar foizlarda gapiradigan bo‘lsak, mening shaxsiy mahsuldorligim kundan kunga o‘zgarib borishi mumkin. Bu ba’zan o‘rtacha 10%, ba’zida 30% — men ko‘proq vaziyatga qarab baholagan bo‘lardim. Masalan, yaqinda Trabzondan Albaniyaga Istanbul orqali samolyotda uchdim. Istanbulda reysim bekor qilinganini bildim. Tez harakat qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish zarur edi.
Bunda menga SI juda yordam berdi: u Albaniyagacha imkoni bo‘lgan barcha reyslarni skaner qilib chiqdi va darhol to‘g‘ri variantlarni taklif qildi. Buning hammasi deyarli sanoqli daqiqalar ichida.
Eng kichkina narsadan boshlab sinab ko‘rish, sinab ko‘rish va yana sinab ko‘rishni maslahat beraman. Masalan, ChatGPTning oxirgi versiyalari bizni yaxshiroq tushunadi va biz haqimizdagi axborotni jamlaydi va bahsning oxirida bo‘lg‘usi hamkorlik haqida aytib turishi menga juda yoqadi.
Agar diqqat bilan o‘qilsa va unga yo‘naltirib turishiga imkon berilsa, u eng ko‘p darajada faollashadi va ba’zan hatto savolni qanday ifodalashni bilmaganimizda ham bizni o‘zimizdan ko‘ra ko‘p tushunadi.

tadbirkor, investor, Igmar vа Charos Family Resort mehmonxonalar tarmog‘ining hammuassisi.
SI fransuz maktabida o‘qiyotgan o‘quvchining onasi sifatida meni ko‘p qutqarib qolyapti. Masalan, yangi so‘zlarni yodlash kerak bo‘lganda, ularni ChatGPTga yuklayman — u tarjima qiladi, misollarni tanlab oladi, so‘zlarni ustunlar bo‘yicha taqsimlab chiqadi va Anki (axborotni eslab qolish uchun dastur) ga mos shaklda rasmiylashtiradi.
Ya’ni bizda darhol dasturga kiritish va foydalanish mumkin bo‘lgan tayyor flesh kartalar paydo bo‘ladi. Bu vaqtni yaxshi tejaydi va jarayonni qulay qiladi.
SIdan kundalik hayotda ham foydalanaman. Masalan, bolalar yoki o‘zim uchun bayram uyushtirish zarur bo‘lganda, g‘oyalar so‘rab unga murojat qilaman: qaysi format hozir qiziqarli, tadbirni qayerda o‘tkazgan yaxshiroq, noyob chiqishi uchun qanday qirralar qo‘shish kerak.
Uni maishiy masalalarda ham ishlataman. Sochlarim qora bo‘lib, oq tola juda sezilib qoladi — har ikki haftada bo‘yashga to‘g‘ri keladi. ChatGPT bilan birgalikda tez-tez bo‘yashlarni qoraytiruvchi niqoblar yoki maxsus shampun bilan almashtirish iloji bor-yo‘qligini bilishga urindim. U menga variantlarni tanlab berdi, ijobiy va salbiy tomonlarini aytdi, lekin, afsuski, aytilgan vositalarni aynan O‘zbekistonda topa olmadim. Shunga qaramay, bunday yechimlarni izlash uchun bu juda qulay vosita — ko‘pincha aynan shunday aytib berishlar uchun murojat qilaman.
Aslida sun’iy intellekt allaqachon mening zimmamdagi yuklarning taxminan 10%ini yengillashtirdi — ko‘plab bir zayldagi vazifalarni uning yordamida hal qilayapman. Hayotimni SIsiz tasavvur etolmayapman. U kundalik hayot va ishga shuchalik mustahkam kirib keldiki, bundan buyon usiz yashash va ishlashning iloji yo‘qdek tuyuladi.
SI hayotni osonlashtirishi haqidagi layfhaklarim asosan biznes bilan bog‘liq. Masalan, bizning Charos Family Resort mehmonxonamizda uy hayvonlari bilan birga yashash qoidalarini tuzish kerak bo‘lib qolgandi. Men ChatGPTga murojat qildim va u tezlik bilan hujjat tayyorladi: bu masala boshqa otellarda qanday hal qilinganini, qanday shartlar qo‘yilishi, depozitni qanday qilib to‘g‘ri rasmiylashtirish va u nima uchun ushlab qolinishini aytib berdi. Yo‘riqnomalar va qoidalar yozish kabi masalalarda uning tengi yo‘q.
Shu bilan birga, SI kutganlarimni oqlamaganligi borasida ham tajribam bor. Bizda mijozlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram’da muloqot qilish uchun SI botini joriy qilish bilan bog‘liq holat bo‘lgan edi. Biz SI uchun baza tayyorladik, narxlarni yukladik, qoidalar yozdik: agar bot biror narsani bilmaydigan bo‘lsa, u rostdan bilmasligini yozishi kerak edi. Biroq amalda hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi.
Ancha vaqtgacha bot to‘g‘ri javob berib turdi, keyin esa to‘satdan bizda umuman bo‘lmagan boshqa narxlarni ko‘rsata boshladi. Ularni qayerdan olayotganini tushuna olmasdik, axir bilimlar bazasi aniq edi-ku?! Buning ustiga, “bilmayman” deb aytish o‘rniga, u javoblar o‘ylab topa boshladi. Natijada biz bu loyihani tashlab qo‘ydik.
Ishlab chiqishlari uchun 13 mln so‘m to‘laganmiz, biroq bizga pullarni hali ham qaytarishgani yo‘q. Rostini aytgada, bu jiddiy ko‘ngilxiralik bo‘ldi — bot mijozlar bilan ishlashni osonlashtirishini kutgandik, teskarisi bo‘lib chiqdi. Botning ishidan bevosita zararlarimiz bo‘lmadi, chunki uning noto‘g‘ri javoblarini vaqtida bilib qoldik va mijozlarni ogohlantirishga ulgurdik.
Bu tajriba ehtiyotroq bo‘lishga o‘rgatdi: endi biz SIni biznesga joriy etishga yordamlashadigan ishlab chiquvchilarni tanlashga jiddiyroq yondashamiz.
