Loyiha jamoasi sun’iy intellekt yechimlari ustida ishlash va ularni joriy etish bo‘yicha 5 yildan ortiq tajribaga ega. Hozirda ular nutq va tilni qayta ishlashning mahalliy modellari — TTS, STT, speech-to-speech hamda Markaziy Osiyo tillari uchun mo‘ljallangan katta til modelini yaratish ustida ishlamoqda.

Yaqin kunlarda kompaniya AI-mahsulotlar qatorini taqdim etadi. Ular orasida: ovozli agent, yangi avlod chat-boti, speech-tahlilchi, tarjimon hamda yuridik AI-yordamchisi mavjud.

“O‘zbekiston o‘ziga xos ‘intellektual kod’ga ega. Bizning missiyamiz — mahalliy g‘oyalarni global standartlarga moslashtirib, mamlakatni sun’iy intellekt bo‘yicha yangi markazga aylantirish”, — dedi Frame asoschisi va CEO Eduard Ishkulov.

“Biz AI’ni shunchaki AI bo‘lgani uchun yaratmaymiz. Biz biznesning real ehtiyojlarini tezroq va samaraliroq hal qiladigan texnologiyalar ishlab chiqamiz”, — dedi Frame AI hammuassisi va CEO Said Abdusattarov.

“O‘ylaymanki, ushbu hamkorlik Frame va Frame AI’ning rivojlanishi hamda o‘z o‘rnini mustahkamlashi uchun muhim boshlanish bo‘ladi. Bu nafaqat O‘zbekiston bozorini tubdan o‘zgartiradi, balki mintaqaning global sahnadagi ko‘rinishini ham oshiradi”, — dedi Frame AI hammuassisi Utkir Turakulov.

Kompaniya vakillarining fikricha, Frame AI O‘zbekistonning shakllanib borayotgan AI-ekotizimining muhim qismiga aylanishi kutilmoqda.

Sayt: frame.uz
Instagram: @frame.mediauz, @eduardishkulov
Linkedin Eduard Ishkulov: linkedin.com/eduard-ishkulov
Linkedin Saidbek Abdusattarov: linkedin.com/saidbek-abdusattarov
Linkedin Utkir Turakulov: linkedin.com/utkir-turakulov

Reklama huquqlari asosida.