Toshkentda Burger King tezkor xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining birinchi restorani kelasi haftada ochiladi. Bu haqda Burger King kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Vyacheslav Dutkinskiy Spot’ga ma’lum qildi.
Brendning birinchi filiali 16-dekabr kuni Beruniy shoh ko‘chasi, 41-uyda joylashgan Alpomish muz saroyida ochiladi.
Umuman, Toshkentda uchta Burger King restorani ochilishi rejalashtirilgan: Tashkent City Mall, Seoul Mun va “Beruniy” (Alpomish) metro bekati yaqinida.


Seoul Mun (chapda) va Tashkent City Mall (o‘ngda) dagi Burger King restoranlari. Foto: Spot
Aprel oyida International Beverages Tashkent ta’sischisi Shuhrat Ergashev prezident huzuridagi yig‘ilishda O‘zbekistonda tez orada birinchi Burger King restoranlari ochilishini ma’lum qildi. Markaziy ofis Toshkentda joylashishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniyalar litsenziyani butun Markaziy Osiyo uchun olishni taklif qildi.
Sentabrga kelib, Toshkentdagi birinchi Burger King restoranlari 2025-yil oxirigacha ochilishi ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda brendning birinchi restorani “tez kunda ochilishi” haqidagi bannerlar rasmi paydo bo‘ldi. U Beruniy metro bekati yaqinida — Alpomish muz saroyi yonida joylashadi.
Noyabrda Shuhrat Ergashev O‘zbekistonda bir-bir yarim oy ichida Burger King‘ning birinchi restoranlarini ochish rejalashtirilayotganini aytgandi. Tadbirkor yildan yilga mamlakat bo‘ylab yangi muassasalar ochishga va’da berdi.
Burger King O‘zbekistonda
2021-yilning iyul oyida Spot bir nechta manbalarga tayanib, Burger King O‘zbekiston bozoriga kirayotgani haqida xabar bergandi. Burger King Uzbekistan — franshiza. Franchayzer esa Moskva. Shuningdek, Burgerhouse allaqachon tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda xodimlarni ishga qabul qilish ham boshlangandi.
Restoranning ma’muriy-boshqaruv xodimlari (direktor va menejerlar) uchun treninglar Moskvada o‘tkazilishi kerak edi. Restoran direktori uchun ish o‘rinlari 2022-yilda Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan edi. Lokatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar yopiqligicha qolgan.
Oktabr oyiga kelib, Burger King fudkortlari qayerda ochilishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bu Bobur bog‘i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasi hamda Chilonzor 25-mavzeaida bo‘lishi kerak edi.
International Beverages Tashkent O‘zbekistonda Pepsi, Mirinda, Mountain Dew, 7Up, Adrenaline Rush va Lipton ichimliklarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Burger King — gamburgerlarga (asosan, vopperlarga) ixtisoslashgan dunyodagi ikkinchi yirik tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i. 1954-yilda tashkil etilgan. Kompaniya restoranlariga har kuni 11 mlndan ortiq odam tashrif buyuradi.


