Burger King Oʻzbekiston bozoriga kirib keladi. Bu haqda bir nechta Spot manbalari xabar berishdi, maʼlumotni HR ham tasdiqladi.

Burger King Uzbekistan — bu franshiza. Franchayzer esa — Moskva. “Burgerhouse MChJ” allaqachon tashkil etilgan boʻlib, xodimlarni ishga yollash boshlangan.

Restoran xodimlarining (direktori va menejerlari) AUP uchun treninglari Moskvada boʻlib oʻtadi. Restoran direktorlari uchun ish oʻrinlari kelasi yili Toshkentda ochiladi. Joylar haqidagi aniq maʼlumotlar hali ham maʼlum qilinmagan.

Burger King uzoq vaqtdan beri Oʻzbekistonda oʻzining intellektual mulkini himoya qilib kelgan, ammo bu yil yana ikkita savdo belgisi taqdim etildi. Hozir ular koʻrib chiqish jarayonida.

Burger King dunyodagi ikkinchi yirik “fastfud” tarmogʻi boʻlib, u gamburgerlarga ixtisoslashgan. Kompaniya 1954-yilda tashkil etilgan. Tarmoq restoranlariga har kuni 11 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi.