Ford talabning pasayishi fonida ba’zi elektromobil modellaridan voz kechadi, deya xabar berdi Reuters nashri.
Qayd etilishicha, kompaniya gibrid va benzinli modellar yo‘naltiriladi va kelajakda minglab xodimlarni ishga qabul qiladi.
Ford kompaniyasining bosh direktori Jim Farli bu qarorni “bozordagi o‘zgarishlar” bilan izohladi.
Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi F-150 Lightning elektr pikapini yordamchi ichki yonuv dvigateliga ega gibrid versiya bilan almashtiradi.
Bundan tashqari, Ford T3 kod nomi ostida yangi avlod elektr pikaplarini ishlab chiqarishdan bosh tortadi.
Kompaniyaning qarori avtomobilsozlik sanoatining elektromobillarga bo‘lgan talabning zaiflashishiga munosabatini aks ettiradi, deb ta’kidlaydi Reuters.
AQSHda 2025-yil noyabr oyida elektromobillar savdosi taxminan 40% ga pasaydi. Bu pasayish 2025-yil sentyabrda $7500 dollarlik federal soliq imtiyozi bekor qilinganidan keyin yuz berdi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya “qayta yo‘nalish” doirasida $19,5 mlrd miqdoridagi mablag‘ni hisobdan chiqaradi.
Fortune nashrining ta’kidlashicha, bu summa asosan 2026-yilga to‘g‘ri keladi. Shundan taxminan $8,5 mlrdi rejalashtirilgan elektromobil modellarini ishlab chiqarishdan voz kechish bilan bog‘liq.
Avvalroq Ford qariyb 230 mingta Bronco yo‘ltanlamasini chaqirib olishi haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, qaytarib olishga asboblar paneli bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.
