O‘zbekiston temir yo‘llariToshkent-Qozon-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Poyezdlar 21-dekabrdan boshlab har hafta O‘zbekiston va Tatariston poytaxtlari o‘rtasida qatnay boshlaydi. Jadval quyida keltirilgan:

Yo‘nalish (poyezd raqami)
Jo‘nash
Yetib kelish
Toshkent-Qozon (№315)
yakshanba, 23:55
chorshanba, 13:47
Qozon-Toshkent (№316)
payshanba, 10:33
yakshanba, 4:32

Poyezd 7 ta vagondan tashkil topgan bo‘lib, 342 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Chiptalar sotuvga chiqarilgan.

Dekabr oyi boshida O‘zbekiston temir yo‘llari, O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi va Federal yo‘lovchi kompaniyasi o‘rtasida tariflarni shakllantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan edi.

Yo‘lovchi tashish raqobatbardoshligini oshirish, moslashuvchan tarif va chegirmalarni joriy etish, yangi xalqaro poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

2024-yil 4-avgustdan Rossiyaning UVT Aero aviakompaniyasi Qozon va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilishini haqida e’lon qilingandi.

Tatariston markazi va O‘zbekiston poytaxti o‘rtasidagi reyslar haftada bir marta — yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi. Marshrutga Bombardier CRJ-200 samolyotlari xizmat ko‘rsatadi.


Avvalroq Spot Olmaota-Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlashi haqida yozgandi.

Yo‘nalishdagi yuqori qulaylikdagi tarkiblar kuniga 400 dan ortiq yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.