Ford AQShda 270 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olmoqda, deya xabar berdi Izvestiya.
Xizmat ko‘rsatish kampaniyasiga avtomobilni to‘xtash holatiga o‘tkazish funksiyasidagi muammo sabab bo‘lgan.
Tizim o‘z-o‘zidan harakatlanishni keltirib chiqarmoqda, bu esa yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu sabab bilan avtomobil ishlab chiqaruvchisi F-150 Lightning BEV, Ford Mustang Mach-E va Maverick rusumli avtomobillar qaytarib olinmoqda.
Noyabr oyida Ford qariyb 230 mingta Bronco yo‘ltanlamasini chaqirib olinishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, ushbu avtomobilning asboblar panelidagi ayrim ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri aks etishi mumkin.
AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasining (NHTSA) ma’lum qilishicha, Ford 229 609 ta Ford Bronco yo‘ltanlamasini asboblar panelidagi ehtimoliy nosozlik tufayli AQShga chaqirib oladi.
Avvalroq Ford talabning pasayishi fonida ba’zi elektromobil modellaridan voz kechishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya gibrid va benzinli modellar yo‘naltiriladi va kelajakda minglab xodimlarni ishga qabul qiladi.
Ford kompaniyasining bosh direktori Jim Farli bu qarorni “bozordagi o‘zgarishlar” bilan izohladi.
Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi F-150 Lightning elektr pikapini yordamchi ichki yonuv dvigateliga ega gibrid versiya bilan almashtiradi.
Bundan tashqari, Ford T3 kod nomi ostida yangi avlod elektr pikaplarini ishlab chiqarishdan bosh tortadi.
