Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida chakana savdo endi shunchaki mahsulotni pulga almashtirish jarayoni emas. Bugun bu o‘zaro uzviy bog‘langan murakkab operatsiyalar zanjiri bo‘lib, muvaffaqiyat ta’minotchidan xaridlar, ombor logistikasi, marketing va xodimlarni boshqarish jarayonlarining qanchalik muammosiz ishlashiga bog‘liq. Ko‘plab tadbirkorlar hanuzgacha “operatsion tartibsizlik” muammosiga duch kelishmoqda: savdo ma’lumotlari ombordagi qoldiqlar bilan mos kelmaydi, tahlillar qo‘lda Excel orqali yuritiladi, xodimlar faoliyatini esa shaffof nazorat qilish qiyin.
Aynan shu sharoitda OX Group kompaniyasining OX System yechimi o‘zini oddiy kassa dasturi yoki ERP/CRM tizimi sifatida emas, balki chakana savdo biznesi uchun to‘liq ekotizim sifatida namoyon etadi. Platforma barcha biznes jarayonlarini qamrab olib, yagona raqamli muhit orqali bitta savdo nuqtasidan yuzlab lokatsiyalargacha bo‘lgan butun savdo tarmog‘ini markazlashgan tarzda boshqarish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu yechimdan 3000 dan ortiq savdo nuqtalari va 500 dan ziyod xalqaro franchayzing brendlari foydalanmoqda.
Yagona boshqaruv nuqtasi: parokandalikka barham berish
O‘sib borayotgan bizneslarning eng katta muammosi — IT yechimlarining parokanda holatda ishlashi. Ombor bitta dasturda, kassa boshqasida, logistika esa uchinchisida yuritilganda, biznes egasi real foyda ustidan nazoratni yo‘qotadi. OX System ushbu muammoni hal etib, tarqoq vositalarni yagona, kengaytiriladigan tizimga birlashtiradi.
Bu esa shaffof boshqaruv konsepsiyasini amalga oshirish imkonini beradi: yetkazib beruvchidan tovar qabul qilishdan tortib, kuryer tomonidan chek berilishigacha bo‘lgan har bir amal umumiy tahlilda darhol aks etadi. Platforma rahbar uchun real vaqt rejimida ishlovchi boshqaruv panelini taqdim etadi: lokatsiyalar bo‘yicha tushum, tashriflar soni, kassa smenalari holati va hatto ko‘p valyutali (tovarlar kirimi ham, chiqimi ham turli xil valyutalarda bo‘lishi mumkin) hisob uchun valyuta kurslarigacha yagona joyda ko‘rinadi.
Chuqur ixtisoslashuv
OX System’ning universalligi turli bozor yo‘nalishlarining aniq ehtiyojlariga moslashtirilgan modullar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Platforma umumiy andoza bilan cheklanmay, har bir soha uchun xos bo‘lgan vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan vositalarni taklif etadi.






Texnologik qatlam
OX System ekotizimi OX AI sun’iy intellekti bilan kuchaytirilgan bo‘lib, tizimni oddiy hisob-kitob vositasidan aqlli yordamchiga aylantiradi. Algoritmlar CRM’dagi xaridlar tarixini tahlil qiladi, batafsil mijoz profillarini shakllantiradi va kelgusi savdolarni prognozlaydi. Bu esa shaxsiylashtirilgan marketing ssenariylarini — individual kuponlar, keshbek dasturlari va sodiqlikni oshirishga qaratilgan mexanizmlarni avtomatik ishga tushirish imkonini beradi.
Ichki samaradorlikni oshirish uchun OX Manager Bot qo‘llaniladi. U Telegram orqali ovozli yoki matnli buyruqlar yordamida xodimlarga vazifa berish, berilgan vazifalarni belgilangan vaqtdan avvalroq eslatish, vazifalarning bajarilgan yoki aksincha bajarilmagan holatini boshqarish va kuzatish, shuningdek tizimdagi boshqa amallar — xususan savdodan tushumlar, qarzga sotilish va boshqa ko‘plab harakatlarni monitoring qilish hamda ular bo‘yicha hisobotlar olish imkonini tuhfa etadi.
Real natijalar: Silk Road va Toshkent Gullari tajribasi
Tizimning ishonchliligi yaxshi tarzda uning foydalanuvchilari — avtomatlashtirish orqali o‘z biznesini kengaytirgan yirik bozor ishtirokchilarining tajribasida namoyon bo‘ladi.


Chakana savdoning kelajagi — yagona ekotizimda
OX System zamonaviy biznesni samarali boshqarish barcha jarayonlarning chuqur integratsiyasisiz mumkin emasligini amalda isbotlaydi. Platforma yetkazib berish narxini hisoblashdan (OX Driver) tortib, yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni avtomatlashtirishgacha (Finance) bo‘lgan barcha kundalik jarayonlarni o‘z zimmasiga olib, biznes egasiga vaqt va foyda ustidan to‘liq nazoratni qaytaradi.
Sayt: oxapp.io
Instagram: @ox.system
Reklama huquqlari asosida.








