Ijtimoiy tarmoqlarda Uzum Market’dagi xaridlar uchun mablag‘lar ommaviy tarzda yechib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, hech qanday xarid amalga oshirilmagan, pul esa “Uzum Market buyurtmalari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik” sifatida hisobdan yechib olingan.

Uzum Market matbuot xizmatining Spot’ga ma’lum qilishicha, 30-dekabr kuni marketpleys buyurtmalar bo‘yicha qarzlarni hisobdan chiqargan, foydalanuvchilarga esa qarzdorlik haqida SMS-xabarnomalar yuborilgan.

“Yil davomida foydalanuvchilarimizning bir qismi o‘z buyurtmalarini bepul oldilar — to‘lov tizimidagi xatoliklar tufayli ushbu xaridlar uchun to‘lov mablag‘lari ularning hisobiga qaytgan, biroq bizga yetib kelmagan. Yillik taqqoslash doirasida tizim xaridorlar allaqachon olgan buyurtmalar uchun to‘lovlarni avtomatik tarzda hisobdan chiqara boshladi”, — deya izoh berildi kompaniyada.

Uzum Market ushbu mahsulotlarni foydalanuvchilarga sovg‘a qilishga qaror qildi. “Mablag‘lar allaqachon kartalarga qaytarildi”, — deya qo‘shimcha qilinadi marketpleysda.

Avvalroq Spot Toshkentda Wildberries’ning WB Taxi xizmati ish boshlagani haqida yozgandi.