Hayvonlar shahri 2 multfilmi yuqori kassa natijalarini ko‘rsatishda davom etmoqda. Bu haqda The Numbers agregatori xabar berdi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, multfilm davomi eng daromadli animatsion asarlari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
Prokat g‘oyat muvaffaqiyatli natija bilan boshlandi: dastlabki ikki kunda multfilm taxminan $133,2 mln yig‘di, bu so‘nggi yillardagi eng yaxshi debyut natijalaridan biri bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda yig‘ilgan umumiy mablag‘ $1 mlrddan oshib (AQSHda $259 mln, xalqaro miqyosda esa $877,7 mln), uning global blokbaster maqomini tasdiqladi.
Mutfilm nafaqat dunyodagi, balki O‘zbekistondagi boshqa multfilmlar orasida ham kassa yig‘imi bo‘yicha rekord o‘rnatdi va 4 haftalik namoyishda 10 mlrd so‘mlik chegarani bosib o‘tdi, ya’ni 43 992 tomoshabindan 10,6 mlrd so‘m ($880 ming) daromad oldi.
2016-yilda ekranlarga chiqib, dunyo bo‘ylab $1,02 mlrd yig‘gan asl Hayvonlar shahri 2017-yilning eng yaxshi animatsion filmi sifatida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi qism ham shu kabi muvaffaqiyat olib kelishi kutilmoqda: film allaqachon “Oltin globus” mukofotining “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga tavsiya etilgan.
Multfilm yaratuvchilari xabar berilishicha, franshizaning uchinchi qismini ishlab chiqishga kirishib bo‘lishgan. Bu esa studiyaning Hayvonlar shahri olamiga nisbatan uzoq muddatli rejalaridan darak beradi.
Avvalroq Britaniyada sun’iy intellekt jurnalist boshlovchilik qilgan film namoyish etilgani haqida xabar berilgandi.
Channel 4 telekanali vakili Luiza Kompton bu tajriba puxta rejalashtirilganini, ammo doimiy amaliyotga aylanmasligini ta’kidladi.
