Oltin, valyuta va boy berilgan yil: 2025-yildagi O‘zbekiston iqtisodiyoti va 2026-yildan kutilmalar

Spot iqtisodchi Yuliy Yusupov bilan amalga oshmagan islohotlar, iqtisodiy o‘sish va inflyatsiya dinamikasi, dollar kursidagi pasayish sabablari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidagi muammolar hamda 2026-yilga oid kutilmalarni muhokama qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


2025-yilda O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?

O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan 6,9% dan ko‘proq yoki deyarli 900 so‘mga mustahkamlandi. Sabablar orasid oltin va valyuta tushumlari bor.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Spot 2026-yildan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yil yakuni: 2025-yilda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi muammolar

Spot yil davomida ta’limdagi eng ko‘p muhokama qilingan muammolarni bir joyga jamlab, mutaxassislar fikrini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Poytaxt Parking pulli parkovkalar bozorida ustun muzokara kuchiga ega deb topildi
    Ushbu maqom kompaniyalarga monopol past yoki monopol yuqori narxlarni joriy etishni taqiqlaydi.
  2. Paynet Xolis’dan foydalanish ixtiyoriy — Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar ilovaga ulanishga majburlanayotganiga izoh berdi
    Qo‘mita xizmatdan foydalanish majburiy emasligini, soliq xodimlari tomonidan majburlash holatlari aniqlansa 1198 raqamiga murojaat qilish mumkinligini ma’lum qildi.
  3. Yangi Toshkentda qurilayotgan $100 mlnlik yer osti avtoturargohi 2026-yilda ishga tushiriladi
    Birinchi bosqichda 200 ta yengil avtomobil hamda 30 ta mototsikl va skuterlarni joylashtirish imkoniyati bo‘ladi.
  4. O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun $500lik omonatlar ochildi
    0−17 yoshdagi 8 mingdan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar nomiga depozit hisoblari ochilib, har biriga $500 mablag‘ joylashtirildi.
  5. 3 mln kv metr maydon va $2 mlrdlik lotlar — Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishi bilan tanishdi
    Hozirda 6 ming gektar hududda 100 dan ortiq loyiha olib borilmoqda, 10 ming kishi esa ish bilan ta’minlangan.
  6. UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas modellarini taqdim etdi. Narxlar
    Yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Damas Max va Damas Move modellarining sotuvlari qachon boshlanishi qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
  7. YTTB Asakabank aksiyalarining 15% ini sotib oladi
    Hukumat bilan imzolangan tijorat shartlari to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, YTTB 2026-yilda davlat banki aksiyadorlari tarkibiga kiradi.
  8. 36 turdagi asosiy mahsulotlar uchun bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi
    Bular qatorida import qilinadigan go‘sht, konservalar, sut mahsulotlari, mevalar va boshqa mahsulotlar bor.
  9. O‘zbekistonda avtomobillarga nisbatan ekologik talablar kuchaytiriladi — Saida Mirziyoyeva
    Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hukumat biznesga ekologiyaning ahamiyatini tushuntirmoqda va korxonalarni filtrlar o‘rnatishga undamoqda.
  10. O‘zbekistonda 2025-yil yakunida rasmiy inflyatsiya qanday bo‘ldi?
    Oziq-ovqat narxlarining o‘sishi mart oyidan buyon eng yuqori darajaga yetdi, lekin o‘tgan yilgidan past bo‘lib qoldi.