O‘zbekistondagi beshta yirik aeroport modernizatsiya qilinib, xususiy sektor boshqaruviga beriladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan yangilangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasida keltirilgan.

Har yili kamida bitta aeroport DXSH doirasida xususiy operatorga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

DXSH loyihalari Uzbekistan Airports va xususiy sheriklar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Buning uchun Transport vazirligi mas’ul etib belgilandi.

2023-yil sentabr oyida tasdiqlangan strategiyaning amaldagi versiyasida “past rentabelli hududiy aeroportlar"ni DXSH asosida modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish haqida so‘z borgadi. Umuman, mamlakatning oltita yirik aeroportini, shu jumladan DXSH asosida modernizatsiya qilish rejalashtirilgan edi.

2025-yil oktabr oyida Uzbekistan Airports va Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation o‘rtasida Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Bundan tashqari, Namangan aeroportini rekonstruksiya qilish va Buxoroda yangi aeroport qurish ishlari olib borilmoqda. Kelajakda ikkala havo bandargohini boshqarish xususiy operatorlarga topshiriladi.

Avvalroq Spot Uzbekistan Airways ichki reyslarga kechikkanda qaytish chiptalarini bekor qilmasligi haqida yozgandi.