O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
7-yanvardan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 968,59 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 16 so‘m 35 tiyinga oshdi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
2025-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga ko‘ra o‘zbek so‘mi AQSH dollariga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlangan.
Dekabr oyida milliy valyuta dollarga nisbatan 122,93 so‘mga yoki 1,03% ga arzonlashib, 12 025,23 so‘mni tashkil etdi. Oyning birinchi yarmida valyutalar kursi 12 100 so‘mdan oshdi. Biroq, ikkinchi yarmida milliy valyuta mustahkamlana boshladi va 12 ming so‘mdan pastga tushdi. So‘nggi savdo kunlarida dollar kursi pasayishni biroz qopladi, ammo yilni 12 ming so‘mdan biroz yuqoriroq yakunladi.
12 oy davomida milliy valyuta dollarga nisbatan 6,93% ga yoki qariyb 900 so‘mga mustahkamlandi. Masalan, 2024-yilda o‘zbek so‘mi nisbiy hisobda atigi 4,71% ga, mutlaq hisobda esa 581,78 so‘mga qadrsizlangan.
Avvaroq, Iqtisodchi va Telegram’dagi bakiroo kanali muallifi Otabek Bakirov Spot’ga bergan intervyusida milliy valyutaning mustahkamlanish sabablari, uning narxlar va byudjetga ta’siri, oltin narxining o‘sishi fonida zaxiralarni shakllantirish zarurati haqida so‘zlab, dollar kursi bo‘yicha o‘z prognozini ham bildirgandi.
