O‘zbekistondagi Yagona imtihon markazlarida haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon narxlari 50% ga oshirildi. Bu haqda kompaniya veb-saytida joylashtirilgan Ommaviy ofertada qayd etilgan.
Ushbu o‘zgarish 6-yanvardan boshlab kuchga kirgan.
Endilikda birinchi marta nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish narxi har biri uchun 1,5 mln so‘mni tashkil etadi. Umumiy narx — 3 mln so‘m.
Nazariy va amaliy imtihonlarni qayta topshirish uchun esa to‘lov har biri 1,6 mln so‘mdan etib belgilandi.
Bungacha birinchi marta imtihon topshirish narxi 1 mln so‘m (amaliy va nazariy uchun umumiy narx — 2 mln so‘m), har bir qayta topshirish uchun esa 1,2 mln so‘mni tashkil etgan.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonda 1300 dan ortiq soxta “prava"lar bekor qilingani haqida yozgandi.
