So‘rovnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 36%i xaritalar xizmatlarini kamida oyiga bir marta ishlatadi, 65%i esa xaritalardan joylarni qidirish uchun foydalanadi.
Endi biznes egalari smartfon orqali o‘z tashkilotini osongina xaritaga qo‘shishlari mumkin. Profilni sozlash jarayonida biznes toifasini to‘g‘ri tanlash muhim — bu potensial mijozlar tomonidan topilish ehtimolini oshiradi.
Mobil qurilma orqali quyidagi asosiy ma’lumotlarni tahrirlash mumkin: manzil, telefon raqami, veb-sayt, ish vaqti va ijtimoiy tarmoqlarga havolalar. Shuningdek, foto, video va logotiplarni yuklash hamda fikr-mulohazalarga javob berish orqali mijozlar bilan bevosita muloqot qilish imkoni mavjud. Profildagi barcha faolliklar haqida push-xabarnomalar va elektron pochtaga xatlar yuborilishi yangi izohlardan tezkor xabardor bo‘lish va ularga javob berish imkonini beradi.
Agar kompaniya allaqachon Yandex Maps’da mavjud bo‘lsa, profilni boshqarish huquqini olish juda oson — video yoki SMS orqali verifikatsiyadan o‘tish kifoya. Profilini muntazam yangilab boradigan kompaniyalarga “Egasi tomonidan tasdiqlangan” belgisi beriladi.
Yandex Maps ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning o‘zida O‘zbekistonda verifikatsiyadan o‘tgan tashkilotlar soni ikki barobarga oshgan.
Yandex Uzbekistan tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma ma’lumotlari. So‘rovnoma O‘zbekiston Respublikasidagi 18 yoshdan yuqori internet foydalanuvchilari orasida 2025-yil avgust oyida o‘tkazilgan. Ishtirokchilar soni — 1000 nafar.
Reklama huquqlari asosida.
