Yangi bank litsenziyasi bekor qilindi
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bankning ustav kapitali belgilangan tartibga ko‘ra 500 mlrd so‘m emas, 355 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2026-yil yanvar oyi bo‘yicha
Mavjud 35 ta bankdan 26 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 8%ni tashkil qilmoqda.
12-yanvardan boshlab birjada propan narxiga qo‘yilgan yuqori chegara qat’iylashtirildi
Raqobat qo‘mitasi, propan narxining oshirish chegarasini 20% dan 10% gacha pasaytirdi hamda cheklangan narxni 7,5 mln so‘m etib belgiladi.
Banklardagi so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2026-yil yanvar oyi bo‘yicha
Mavjud 35 ta bankdan 25 tasida so‘mda omonat ochish mumkin. Maksimal stavka 22% ni tashkil etadi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Silk Avia 1-fevraldan O‘zbekiston bo‘ylab aviachiptalar narxini oshirmoqda.
Narxlar o‘rtacha 7,37% ga qimmatlaydi. O‘zgarishlar 14 ta asosiy yo‘nalishga ta‘sir qiladi. - O‘zbekistonliklar AQSHdagi mavsumiy ishlarga yuborilishi mumkin.
Norvegiyalik ish beruvchilar 2026-yilda 3 ming fuqaroni o‘qitmoqchi, Shvetsiya esa grant asosida 500 nafar ijtimoiy xodimni tayyorlab, ishga olish taklifini bermoqda. - O‘zbekistonda hududlararo aviaqatnovlar 2030-yilgacha 2,5 baravarga oshiriladi.
Keyingi besh yil ichida Toshkentni chetlab o‘tuvchi hududlararo parvozlar soni 1560 taga yetkaziladi, mamlakat bo‘yicha aviaqatnovlar esa 200 mingtagacha oshiriladi. - AQSH O‘zbekiston va yana 74 davlat fuqarolariga immigrant vizasi berishni to‘xtatadi.
Bu qaror kelgusida “davlat zimmasiga yuk” bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhojirlarga nisbatan talablarni kuchaytirgan umumiy farmon doirasida qabul qilingan. - Talabalarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
Yangi nizom bilan talabalar shartnoma pulini ish beruvchi hisobidan to‘lashi mumkin. O‘qish yakunlangach ular ishga qabul qilinadi. - O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi birinchi marta 9 mln so‘mdan oshdi.
Jahon bozorida qimmatbaho metallning bir troya unsiyasi narxi $4580 dan ortiqni tashkil etdi. - YTTB Qashqadaryoda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun qariyb $200 mln ajratadi.
Mablag‘lar hisobidan 300 MVt quvvatli yangi quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt·soat sig‘imli akkumulyatorli energiya saqlash qurilmasini quriladi. - Labubu ishlab chiqaruvchisi bolalar mehnatida ayblanmoqda — The Guardian.
Yosh ishchilar xavfli yoki og‘ir ishlar taqiqlangan bo‘lsa ham, standart ishlab chiqarish liniyalarida kattalar bilan bir xil ish qilgan. - “Soliqni ham hashamatli qilib to‘lang” — Alisher Qodirov dabdabali to‘ylar uchun soliq joriy etishni taklif qildi.
Milliy tiklanish partiyasi raisi dabdabali to‘ylarni cheklash uchun mehmonlar soniga qarab hashamat solig‘i joriy etish g‘oyasini ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, bu isrofning oldini olish va oilaviy daromadni oqilona yo‘naltirishga xizmat qiladi. - 2025-yilda O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq yangi avtomobil sotildi.
BYD Uzbekistan Factory va ADM Jizzakh kompaniyalari UzAuto Motors hisobidan o‘z bozor ulushlarini ko‘paytirdilar.




