Sirdaryoda tadbirkorga hisoblangan 1,1 mlrd so‘mlik asossiz qarzdorlik bekor qilindi, deb xabar berdi Biznes ombudsman.

R.A. korxonasi rahbari Biznes ombudsmanga elektrdan asossiz qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirib murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, O‘zenergoinspeksiya viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkor elektrdan noqonuniy foydalanganligi ta‘kidlanib, qo‘shimcha qarzdorlik hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda tadbirkorning aslida boshqa korxonaga (G.A.G.K. korxonasi) qonuniy tartibda subiste‘molchi sifatida ulanganligi maʼlum bo‘ldi. Yuzaga kelgan qarzdorlik ham aslida ushbu korxonaga tegishli bo‘lgan.

Natijada asossiz tadbikorga hisoblangan 1 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov bekor qilindi.

Qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan elektr tarmoqlari korxonasi mas‘uliga nisbatan MJtKning 215−5-moddasi (Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan tegishli tartibda ma‘muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.

2025-yilning noyabrida Raqobat qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng Buxoroda elektr bo‘yicha 1,8 mlrd so‘m asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilingandi.

Spot, avvalroq, O‘zbekistonda kichik AES qurilishi 2026-yil martidan dekabrga ko‘chirilishi haqida yozgandi.