O‘zbekistonda yana bir pulli avtomobil yo‘li Xorazmda paydo bo‘ladi. Bu haqda Xiva shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, viloyatda transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Urganch-Xiva yo‘nalishida yangi pulli avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu pulli yo‘lning umumiy uzunligi 32 kilometrni tashkil etib, u mavjud yo‘nalishlarga muqobil ravishda quriladi.

Loyiha zamonaviy talablarga javob beruvchi, yuqori tezlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan yo‘l infratuzilmasini yaratishga qaratilgan.

pulli yo‘l, transport, urganch-xiva, xorazm, yo‘l qurilishi, pulli yo'l

Uning natijasida yo‘l transport qatnovi sezilarli darajada yengillashtirilib, safar vaqti qisqartiradi va harakat xavfsizligi oshiriladi. Shu bilan birga, yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlari tezlashadi hamda hududning investitsion va turistik jozibadorligi oshadi.

Hokimlikda qayd etilishicha, yo‘l to‘liq foydalanishga topshirilgach, undan foydalanish pulli asosda amalga oshiriladi.

2025-yilning noyabr oyida Yangi Andijondan Xonobodgacha pullik trassa qurilishi ma’lum qilingandi. Xitoylik investorlar bilan loyihani amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Loyihaning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

O‘zbekistonda to‘rtta pulli yo‘l loyihasi — Toshkent-Samarqand, Toshkent-Andijon, Samarqand-Buxoro va Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida pulli yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda.

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasida ko‘ra, mamlakatda birinchi pulli avtomobil yo‘llari 2027-yilda quriladi. Kelgusi besh yil ichida umumiy uzunligi 130 km bo‘lgan, jumladan Toshkent-Samarqand va Toshkent-Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlari bo‘ylab pulli avtomobil yo‘llarini qurish rejalashtirilmoqda.