Amazon kompaniyasi qaytarilgan mahsulotlar uchun mijozlarga mablag‘larni noto‘g‘ri qaytarish bilan bog‘liq da’volarni hal etish maqsadida $1 mlrddan ortiq summaga kelishuvga erishdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, ushbu kelishuv allaqachon to‘langan yoki yaqin orada kompensatsiya sifatida to‘lanadigan $600 mlndan ortiq mablag‘ni, shuningdek jabrlangan iste’molchilarga to‘lanadigan qo‘shimcha mablag‘larni o‘z ichiga oladi.

Kelishuvga ko‘ra, Amazon ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan qaytarilmaydigan umumiy jamg‘armaga $309,5 mln to‘laydi.

Kompaniya allaqachon $570 mlnga yaqin tovon puli to‘lagan, yana $34 mlnga yaqinini to‘lash kerak. Bu haqda birinchi bo‘lib Reuters agentligi xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, elektron tijorat giganti mablag‘larni qaytarish va qoplash jarayonlarini yaxshilash uchun $363 mlndan ortiq pulsiz kompensatsiya berishga ham rozi bo‘lgan. Amazon har qanday qonunbuzarlikni rad etadi.

2023-yilda berilgan da’vo arizasida Amazon mahsulotni qaytargan, ammo baribir undan pul yechib olingan iste’molchilarga “sezilarli asossiz moliyaviy zarar” yetkazgani aytilgan.

“2025-yildagi ichki tekshiruvdan so‘ng, biz pulni qaytargan, ammo to‘lov yakunlanmagan yoki bizga to‘g‘ri mahsulot yuborilganini tasdiqlay olmagan, shuning uchun pul qaytarilmagan kichik qaytarish guruhini aniqladik,” — deyiladi Amazon’ning TechCrunch’ga yuborgan bayonotida.

Qayd etilishicha, ushbu qaytarishlar bo‘yicha to‘lovlarni 2025-yilda amalga oshirishni boshladik va tegishli mijozlarga kelishuv bitimiga muvofiq qo‘shimcha kompensatsiya va to‘lovlarni taqdim etmoqda.


Avvalroq Amazon yana minglab ish o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Qisqartirishlar Amazon Web Services, chakana savdo, Prime Video va xodimlarni boshqarish bo‘limlaridagi ish o‘rinlariga ta’sir qiladi.