Shunday qilib, Uzum Market hamkorlari barqaror daromadga ega bo‘lgan holda jarayonlarni yo‘lga qo‘yishlari va auditoriyani jalb qilishlari mumkin. Shu bilan birga, agar ochilgandan keyingi dastlabki 6 oy ichida buyurtma berish punkti kafolatlangan to‘lovlardan ortiqcha mablag‘ ishlab topsa, Uzum Market aylanmadan kelgan daromadni to‘liq miqdorda to‘lab beradi.
“Biz hamkorlarga ishni boshlash va maksimal daromad olish oson bo‘lishi uchun shart-sharoitlarni yaratdik. Bu halol va shaffof model bo‘lib, unda tadbirkor o‘z sa’y-harakatlarining natijasini darhol ko‘radi”, — dedi Uzum Market buyurtmalarni topshirish franshiza punktlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ja’far Qodirov.
Boshlang‘ich davr tugagandan so‘ng, topshirish punktlari aylanmadan daromad olishga o‘tib, berilgan buyurtmalar qiymatining 6% gacha foyda ko‘radi. Yakuniy summa topshirish punkti joylashgan hududga va aholi punktining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
Hamkorlik dasturiga hoziroq qo‘shilish mumkin. Batafsil ma’lumot va ariza shakli saytda mavjud.
Reklama huquqlari asosida.
