IBC Global Toshkentda Central Asia Warehouse Summit (CAWS) xalqaro omborxona sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi. Spot tadbirning axborot hamkori hisoblanadi.
Sammit mintaqaning logistika iqtisodiyoti bilan bog‘liq asosiy vazifalari va masalalarini muhokama qilishga qaratilgan. Tadbirning yana bir asosiy maqsadi ombor infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun ilg‘or yechimlarni izlash va shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
CAWS’da developerlar, investorlar, logistika operatorlari, riteylerlar, davlat organlari vakillari ishtirok etadi. U tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va texnologik ishlanmalarni namoyish etish uchun platforma vazifasini bajaradi.
Asosiy mavzular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsion salohiyati hamda makroiqtisodiy trendlari;
- ombor ko‘chmas mulki bozori va uning rivojlanish prognozlari;
- loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari;
- omborxona majmualarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlari;
- riteyl va elektron tijoratning logistika sohasiga ta’siri;
- joriy faoliyat natijalarini tahlil qilish va kelgusi tashabbuslarni e’lon qilish.
Sammit doirasida umumiy kapitali $250 mlndan ortiq, kutilayotgan daromadliligi 18−22% bo‘lgan ombor ko‘chmas mulkiga ixtisoslashgan investitsiya fondlari taqdim etiladi.
Unga Markaziy Osiyo, Rossiya va MDH mamlakatlaridan 150 dan ortiq riteyl tarmoqlari, logistika kompaniyalari va e-commerce vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, developerlar, logistlar va investorlar taklif etilgan.
Tadbirda Ozon, Wildberries, Lemana Pro, Yandex, Sport Master, Magnit, LaModa, SDEK, DPD, Uzum, Korzinka, Havas, Alif Shop, Baraka Market, Magnum, Bi1 va boshqa kompaniyalar top-menejerlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir 16-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Dastur bilan CAWS saytida tanishish va unda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
