Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs o‘zining musiqiy katalogining bir qismini Primary Wave Music leybliga sotish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
TMZ va NBC manbalariga ko‘ra, bitim 2025-yil 30-dekabrda tuzilgan va uning qiymati taxminan $200 mlnni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, pop-yulduz musiqa nashriyotiga “Crazy Baby One More Time”, “Break The Ice”, “Oops… I Did It Again!” va “Circus” kabi hit qo‘shiqlariga bo‘lgan huquqlarini sotgan.
Primary Wave Music 2006-yilda tashkil etilgan va Whitney Houston, Bob Marley va The Doors kataloglariga egalik qiladi.
So‘nggi yillarda Stivi Niks, Bob Dilan va Bryus Springstin ham o‘z musiqalariga bo‘lgan huquqni nashriyotga sotdi.
2008-yildan 2021-yilgacha Spears otasining qaramog‘ida bo‘lgan va o‘z mulkini boshqara olmagan.
2020-yil noyabr oyida Britnining o‘sha paytdagi advokati Samuel Ingem III otasini vasiy maqomidan mahrum qilish uchun da’vo arizasi kiritdi.
U mijozi otasidan qo‘rqishini va agar sud uni moliyaviy vasiylikdan chiqarmasa, nutq so‘zlamasligini ta’kidladi.
Sudya Brenda Penni dastlab bu talabni rad etdi, biroq Bessemer Trust moliyaviy kompaniyasini qo‘shiqchining hammuassisi etib tayinladi.
2021-yil noyabr oyida Los-Anjeles sudi vasiylikni to‘xtatib, qo‘shiqchiga o‘z hayoti va mablag‘lari ustidan to‘liq nazoratni qaytardi.
